Hozirgi o’zbek adabiy tili fonetika-fonologiya
Kitobda hozirgi o'zbek adabiy tilining fonetikasi va fonologiyasi, grafika, imlo, leksikologiya-semasiologiya va leksikografiya kabi sohalari haqida ma'lumot berilgan. O'quv qo'llanma bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Oʻzbek xalqining shakllanish tarixi, adabiy til taraqqiyoti, davrlashtirish, adabiy tili va sheva, oʻzbek adabiy tilining oʻrganilish tarixi.
- Til, lison va nutq munosabati. Lisoniy paradigma va uning asosiy turlari: Lisoniy UMIS va YAHVO, lison va nutq, til sathlari, lisoniy birliklar, nutqiy birliklar, paradigma,paradigmatik ziddiyat, sintagmatik ziddiyat, privativ, gradual, ekvipolent ziddiyatlar, tasnif.
- Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma'lumot. Nutqning fonetik bo'linishi: Tilning moddiy (substansial) sathi xususida, fonetika va uning birligi, fonetikaning boʻlimlari, nutqning fonetik bo'linishi, fonologiya, fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga koʻra tasnifi, a'zolari oʻrtasidagi munosabatga koʻra ziddiyatlar tasnifi.
- Nutq tovushlarining bioasoslari. Akustika. Transkripsiya: Akustika tovushning eshitilishi haqidagi ta'limot bo'lib, tovushning fizik tomoni bilan bog'liq bo'ladi,nutq organlari va ularning vazifalari, transkripsiya.
- Unli va undosh fonemalar paradigmasi: Unli fonemalar paradigmasi, undosh fonemalar paradigmasi.
- Hozirgi o'zbek adabiy tilida fonemalarning variantlashuvi va fonetik jarayonlar: Fonemalarning variantlashuvi, fonetik jarayonlar.
- Hozirgi o'zbek adabiy tilida urg'u va bo'g'in: Urg'u va uning turlari, urg'u so'z oxiriga tushmaydigan holatlar, bo'g'in va uning turlari, bo'g'in tiplari, bo'g'inning ahamiyati.
- Grafika. Orfoepiya: Grafika haqida tushuncha. Til va yozuvning oʻzaro munosabati, og'zaki va yozma nutq, yozuvning tarixiy ahamiyati, oʻzbek yozuvi tarixidan qisqacha ma'lumot, talaffuz me'yorlari.
- Imlo: O'zbek imlosining asosiy tamoyillari, o'zbek tilining asosiy imlo qoidalari.