analitik kimyo

Ushbu o'quv qo'llanma analitik kimyo fanining asosiy tushunchalari, usullari va ularning amaliyotda qo'llanilishiga bag'ishlangan. Unda sifat va miqdoriy analiz usullari, kimyoviy muvozanat, elektrokimyo, termodinamika va optik analiz kabi mavzular batafsil yoritilgan. Qo'llanma oziq-ovqat texnologiyasi yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lsada, undan barcha oliy o'quv yurt-larining talabalari ham foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Sifat Analiz Asoslari: Sifat analizining usullari, analitik reakciyalarning bajarilish usullari, eritmani bo'lib-bo'lib va sistematik analiz qilish, guruh reagenti va kationlarning analitik guruhlarga bo'linishi, kationlar analitik klassifikaciyasining davriy sistemaga bog'liqligi, analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari va birinchi analitik guruh kationlarining tavsifi.
  • Gomogen Sistemalarda Muvozanat: Massalar ta'siri qonuni, elektrolitik dissotsilanish, Brensted - Lourining protolitik nazariyasi, aktivlik va aktivlik koefficienti, suvning ionlanishi, bufer eritmalar, tuzlarning gidrolizi va amfoterlik.
  • Geterogen Sistemalarda Muvozanat: Cho'ktirish – kimyoviy analiz usuli, eruvchanlik ko'paytmasi, cho'kmalarning hosil bo'lishi va ularga ta'sir qiluvchi omillar, kompleks birikmalar, oksidlanish-qaytarilish reakciyalari, analitik guruh kationlari va guruh reagentining ta'siri.
  • Miqdoriy Analiz: Tortma (gravimetrik) analiz, tortma analizdagi hatolar, tajriba mashg'ulotlari, hajmiy (titrimetrik) analiz, eritmalar koncentraciyasini ifodalash, hajmiy analizning mohiyati va titrlangan eritmalar tayyorlash.
  • Titrimetrik Analizning Oksidlanish-Qaytarilish Usuli: Oksidlovchi va qaytaruvchilarning molyar ekvivalent massasini hisoblash, titrlash egri chiziqlari, ekvivalent nuqtani aniqlash, permanganatometrik va hromatometrik usullar, yodometrik usul.
  • Choʼktirish va Kompleks hosil qilish usullari: Cho'ktirish usulining mohiyati, Argentometrik (Mor) usuli, Kompleks hosil qilish usuli, tajriba mashg'ulotlari
  • Fizik – Kimyoviy Analiz: Fizik - kimyoviy analiz usullari, Analiz usullarining tavsifi, Analizning potenciometrik usuli, Potenciometrik usulning qisqacha nazariy asoslari, Potenciometrik usulda qo'llaniladigan asosiy tushunchalar, tajriba mashg'ulotlari
  • Analizning Konduktometrik Usuli: Elektr o'tkazuvchanlik, Elektr o'tkazuvchanlikka ta`sir qiluvchi omillar, Yuqori chastotali titrlash, tajriba mashg'ulotlari, Optik analiz metodlari.
  • Ajratish va Koncentrlash Usuli: Analizning hromatografik usuli, Analizning hromatografik analiz usulining sinflari, Adsorbciyalanish hromatografiyasi, Qog'oz hromatografiyasi, Ionalmashinish hromatografiyasi.Ekstrakcion analiz usulining nazariy asosi.