Этика ва эстетика
Ushbu kitob axloq va estetika fanlarini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda ushbu fanlarning asosiy tushunchalari, kategoriyalari, tamoyillari va jamiyatdagi o'rni ko'rib chiqiladi. Kitobda axloqiy madaniyat, muomala odobi, kasbiy etika va shaxsning axloqiy tarbiyasi masalalari ham yoritilgan. Estetika qismi esa, san'atning mohiyati, turlari, jamiyatdagi ahamiyati va go'zallik kategoriyalari kabi mavzularni qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Etikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari: Etika fanining predmeti, axloq va huquq munosabatlari, ijtimoiy fanlar tizimida etikaning o'rni.
- Axloqning mohiyati va tarkibiy tuzilishi: Axloqning kelib chiqishi, tarkibiy tuzilishi, ijtimoiy ong shakllari bilan aloqadorligi.
- Etikaning asosiy kategoriyalari. Axloqiy tamoyillar va me'yorlar: Etika kategoriyalari, yaxshilik va yomonlik, adolat, burch, vijdon, sha'n, or-nomus, baxt, insof, halol, harom. Axloqiy tamoyillar va me'yorlar.
- Axloqiy madaniyat va shaxs axloqiy tarbiyasi: Axloqiy madaniyatning mohiyati, muomala odobi va etiketi, kasbiy odob va shaxs axloqiy tarbiyasi.
- Estetika fanining predmeti va vazifalari: Estetika fanining predmeti, ilmiy bilimlartizimida estetikaning o'rni, estetikaning jamiyat hayotidagi ahamiyati.
- Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari: Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rimda estetika, Uygonish davri estetika.
- Estetik ong va estetik faoliyat: Estetik munosabat, estetik ong, estetik faoliyat turlari.
- Estetikaning asosiy kategoriyalari: Go'zallik, ulug'vorlik, fojialilik, kulgililik kategoriyalari.
- San'at-ijtimoiy ong shakli. San'at turlari: San'atning kelib chiqishi, ijtimoiy ong shakli, badiiy obraz, san'at turlari.