Информатика

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan informatika fanidan o'quv dasturidir. Dastur akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan. Unda informatika fanining asosiy tushunchalari, kompyuterning tuzilishi, dasturiy ta'minoti, ofis dasturlari, grafik ob'ektlar bilan ishlash, zamonaviy dasturlash tillari va Web-dizayn asoslari kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Axborot va jamiyat: Axborot tushunchasi, axborot jarayonlari, axborot xavfsizligi, axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyatning roli.
  • Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta'minoti: Kompyuterning tuzilishi, dasturiy ta'minot turlari, operatsion tizimlar va amaliy dasturlar.
  • Kompyuterning tizimli dasturiy ta'minoti: Operatsion tizimlar, drayverlar, fayllar va kataloglar bilan ishlash.
  • Ofis dasturlari va ularning imkoniyatlari: Matn protsessorlari, jadval protsessorlari, taqdimot yaratish dasturlari va ularning kasbiy faoliyatdagi ahamiyati.
  • Kompyuterda grafik ob'ektlar bilan ishlash: Grafik formatlar, grafik muharrirlar, tasvirlarni qayta ishlash usullari.
  • Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish asoslari: Turli sohalarda qo'llaniladigan amaliy dasturlar (nashriyot tizimlari, buxgalteriya dasturlari, tarjimon dasturlar).
  • Zamonaviy dasturlash tillari: Dasturlash tillarining tasnifi, operatorlar, algoritmlar, protseduralar, funksiyalar, ob'ektga mo'ljallangan dasturlash.
  • Web-dizayn asoslari: Web-sahifalar yaratish, rasmlar, grafikalar, animatsiyalar bilan ishlash.