Дипломатик қарор

Ushbu kitob diplomatik protokolning mohiyati, tarixi, asosiy tushunchalari, manbalari va amaliy jihatlarini yoritadi. Kitobda diplomatik aloqalarning rivojlanishi, davlatlararo munosabatlarda protokolning o'rni, tashriflar, muzokaralar, va vakolatxonalar faoliyati kabi masalalar batafsil tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Diplomatik protokolning mohiyati va tarixi: Diplomatiya va diplomatik protokolning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, asosiy tushunchalari va tamoyillari, diplomatik aloqalarning ilk shakllari, qadimgi davrlarda diplomatik odatlar va an'analar.
  • Diplomatik protokol tushunchasi va xalqaro munosabatlardagi o'rni: Diplomatik protokolning ta'rifi, mohiyati, xalqaro odatlar, xalqaro ko'nikmalar, davlat protokoli, diplomatik etiket, diplomatik xushmuomalalik, protokollarga ta'sir etuvchi omillar, O'zbekiston Respublikasi davlat protokoli.
  • Diplomatik huquqning asosiy manbalari: Diplomatik huquq, diplomatik huquqning asosiy manbalari (Vena reglamenti, Aaxen protokoli, Vena konvensiyalari), tan olish shakllari (de-fakto, de-yure, ad-xok), davlatlar o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish tartibi.
  • Seremoniyalar va alohida ko'rinishdagi marosimlar: Seremoniyalarning mohiyati, marosimlar, ishonch yorliqlari, chaqiruv yorliqlari, agreman so'rovi, lavozimga tayinlash, qabul qiluvchi davlatga kelish, ishonch yorlig'ini topshirish tartibi.
  • Diplomatlar va diplomatik vakolatxona: Diplomatik vakolatxona tushunchasi, missiya, vakolatxonaning vazifalari, vakolatxonaning konvensiyaviy bo'linishi, diplomatik daxlsizlik, diplomatik imtiyoz, diplomatik rang, diplomatik pasport.
  • Diplomatik muzokaralar va ularni o'tkazish: Xalqaro muzokaralarning bosqichlari, muzokaralarni tashkil etish, delegatsiyalar tarkibi, muzokaralar reglamenti, muzokaralarning yakuniy hujjatlari (shartnoma, bitim, protokol, konvensiya, pakt, xartiya, kommünike, qo'shma bayonot, deklaratsiya).
  • Rasmiy tashriflar: Davlat rahbarlarining tashriflari turlari (rasmiy, ish yuzasidan, tranzit, norasmiy), tashriflarning protokol qoidalari, yuqori darajadagi va oliy darajadagi tashriflar, galstuksz uchrashuvlar.