Korxonаlаrning xo`jаlik fаoliyati tаhlili
Ushbu kitob korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, uning uslubiy asoslari hamda korxona moliyaviy ahvolini baholash masalalariga bag‘ishlangan. Kitobda bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil usullari va manbalari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Korxonalar xo‘jalik faoliyati tahlili: Ushbu mavzuda korxonalar xo‘jalik faoliyati tahlilining predmeti, ob'ektlari, vazifalari va axborot manbalari, hozirgi zamon korxonalar xo‘jalik faoliyati tahlilining shakllanishi hamda moliyaviy va boshqaruv tahlilida tarmoq xususiyatlarini hisobga olish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Mahsulot ishlab chiqarish hajmining tahlili: Ushbu mavzuda tahlilni mazmuni, vazifalari va manbalari, mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarilishi va dinamikasini tahlili, mahsulot nomenklaturasi va assortimentining tahlili hamda brakdan yo'qotishlarni tahlil qilish masalalari o'rin olgan.
- Asosiy vositalar holatini va ulardan foydalanishni tahlili: Ushbu mavzuda asosiy vositalarni holatini va ulardan foydalanishni tahlili haqida umumiy tushunchani, asosiy vositalarni holatini va ulardan foydalanishni tahlili ob'ektlarini, asosiy vositalarni holatini va ulardan foydalanishni tahlilining funksiya va vazifalarini, tahlilining metodi va uni tashkil etuvchi usullarini o'rgatish masalalari ko'rib chiqilgan.
- Korxona moliyaviy holatini tahlili: Ushbu mavzuda talabalarga korxona moliyaviy holati haqida umumiy tushunchani, korxona moliyaviy holati ob'ektlarini, korxona moliyaviy holatining funksiya va vazifalarini, tahlilining metodi va uni tashkil etuvchi usulla haqida ma'lumot berish o'rin olgan.
- Mehnat resurslari bilan ta'minlanganlik tahlili: Ushbu mavzuda mehnat resurslari bilan ta'minlanganlik, mehnat unumdorligi va ularni mahsulot xajmiga ta'sirini tahlil etish masalalari yoritilgan.
- Debitorlik va kreditorlik karzlarni tahlili: Ushbu mavzuda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini aks etuvchi ko‘rsatkichlar, ularning ahamiyati, tahlil qilish manbalari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini vujudga kelish sabablari va ularni kamaytirish yo‘llari yoritilgan.
- Moliyaviy natijalarni tahlili: Ushbu mavzuda korxonaning xo‘jalik faoliyatini yakunlovchi ko‘rsatkichlar, ularning mazmuni, ahamiyati, tahlil qilish manbalari, moliyaviy natijalarga ta‘sir etuvchi omillar va ularni o‘rganish usullari yoritilgan.