Eng qadimgi davrlardan to XVI asrgacha
Ushbu kitob O'zbekiston tarixining qadimgi davrlardan to XVI asr boshlarigacha bo'lgan davrini qamrab oladi. Unda O'zbekiston hududida yashagan xalqlarning shakllanishi, rivojlanishi, davlatchiligi, madaniyati va sivilizatsiyasi masalalari ko'rib chiqiladi. Kitob talabalarga, magistrlarga, aspirantlarga, yosh o'qituvchilarga va O'zbekiston tarixi bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Oʻzbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati: Ushbu mavzuda Oʻzbekiston tarixi fanining predmeti, oʻrganish ob'ekti va manbalari, Oʻzbekiston tarixini oʻrganishning nazariy-uslubiy asoslari, komil insonni tarbiyalashda tarixning roli va tarixiy xotirasiz kelajak yo'qligi masalalari yoritiladi.
- Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi oʻchoqlaridan biri: Ushbu mavzuda sivilizatsiya tushunchasi, uning asosiy belgilari, ibtidoiy jamiyat, uning davrlari va O'rta Osiyodagi manzilgohlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning paydo boʻlishi, metallning kashf etilishi va dastlabki sivilizatsiyaning ma'naviy asoslari, Zardushtiylik, madaniyat, san'at, yozuv kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Oʻzbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari: Ushbu mavzuda davlatchilik tushunchasi, Oʻlkamiz hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati, Vatanimiz hududidagi eng qadimgi davlatlar (Katta Xorazm, Baqtriya podsholigi, So'g'diyona) va Yunon-Baqtriya, Parfiya, qangʻ va Davon davlatlari va ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot masalalari yoritiladi.
- Oʻzbek xalqining etnik shakllanishi: Ushbu mavzuda Oʻrta Osiyoning qadimgi aholisi, Turon zaminida turkiy qavmlarning azaliy etnos ekanligi, qadimiy qabilalar va ularning turmush tarzi, O'zbek xalqi etnogenezi ikkinchi davri va XV asr oxiri XVI asr oʻzbek xalqi shakllanishida uchinchi davr, “O'zbek” atamasining qoʻllanila boshlashi masalalari yoritiladi.
- Buyuk ipak yoʻli: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari: Ushbu mavzuda Buyuk ipak yo'li, uning xalqlar oʻrtasida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishiga ta'siri, Amir Temur davrida Buyuk ipak yo'li shuhratining yanada ortishi, XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yo'li ahamiyatining pasayish sabablari va oqibatlari va hozirgi davrda Oʻzbekistonning Buyuk ipak yo'li an'analarini tiklash va rivojlantirish borasidagi xalqaro hamkorlik harakatida ishtiroki masalalari yoritiladi.
- Ilk oʻrta asrlar oʻzbek davlatchiligi: ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot: Ushbu mavzuda Eftaliylar davlatining vujudga kelishi, Turk xoqonligining vujudga kelishi, Arab xalifaligining paydo boʻlishi va O'rta Osiyo hududida Arablar zulmiga qarshi xalq ozodlik kurashlari masalalari yoritiladi.
- IX – XII asrlarda oʻzbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot: Ushbu mavzuda qorluqlar va Oʻgʻuzlar davlati, Arab xalifaligining zaiflashuvi va yemirilishi, Movarounnahrda markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi. Tohiriylar va Somoniylar davlati hamda Qoraxoniylar, /aznaviylar,Saljuqiylar,Xorazmshohlar davlati, ulardagi siysiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot masalalari ko'rib chiqiladi.
- Oʻrta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish (renessans) davri. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi: Ushbu mavzuda Moddiy va manaviy madaniyatning yuksalishi (renessans) ni ta'minlagan tarixiy shart-sharoitlar, IX-XII asrlarda ilm fan ravnaqi.Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi va Islom dinining davlat tayanchiga aylanishi, sufiylik tariqatlari masalalari ko'rib chiqiladi.
- Moʻgʻullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi: Ushbu mavzuda Mugʻullar istilosi arafasida Xorazmshohlar davlatidagi vaziyat, Mug'ullar saltanatining vujudga kelishi. Uning istilochilik yurishlari va oqibatlari, Jaloliddin Manguberdi jasorati va Moʻgʻullar zulmiga qarshi kurash masalalari yoritiladi.
- Amir Temur va temuriylar davrida oʻzbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot: Ushbu mavzuda XIV asr o'rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va Amir Temurning siyosat maydoniga kirib kelishi markazlashgan davlatning tuzilishi, Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi, uning ichki va tashqi siyosati,Temur tuzuklari, uning milliy davlatchilikni yaratish va mustahkamlashdagi ahamiyati hamda Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat masalalari yoritiladi.