Агрономия асослари ва озиқа етиштириш
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Samarqand qishloq xoʻjalik instituti «Oʻsimlikshunoslik» kafedrasi tomonidan tayyorlangan boʻlib, «Agronomiya asoslari va oziqa yetishtirish» fanidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun uslubiy koʻrsatmalardan iborat. Uslubiy koʻrsatma talabalarga Oʻzbekiston tuproqlari, begona oʻtlar, oʻgʻitlar, donli ekinlar, yem-xashak ekinlari, poliz ekinlari va ularning yetishtirish texnologiyalari haqida maʼlumot beradi.
Asosiy mavzular
- Oʻzbekiston tuproqlari: Oʻzbekiston tuproqlarining tiplari, xossalari, strukturasi, solishtirma va hajm ogʻirligi, mexanik tarkibi, fizik loy va fizik qum miqdori.
- Begona oʻtlar: Begona oʻtlarning turlari, zarari, qarshi kurash choralari, dalalarni begona oʻtlar bilan ifloslanishini hisoblash usullari.
- Oʻgʻitlar: Qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan oʻgʻit turlari, tarkibidagi taʼsir etuvchi moddani hisoblash, tuproq tarkibidagi oziq modda zahirasini balans usulida hisoblash, rejalashtirilgan hosilga qarab oʻgʻit meʼyorini hisoblash.
- Donli ekinlar: Donli ekinlarning tuzilishi, bir-biridan farqlari, donning sifat koʻrsatkichlari, birinchi va ikkinchi guruh don ekinlarining farqlari.
- Yem-xashak ekinlari: Donli yem-xashak ekinlarning botanik taʼrifi, morfologik belgilari, biologik xususiyatlari, don va oʻsimlik namunalari.
- Poliz ekinlari: Poliz ekinlarining ahamiyati, kelib chiqishi, kenja turlari, oziqaviylik qiymatini hisoblash, Oʻzbekistonda ekiladigan nav va duragaylari.