Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси
Ushbu kitob oliy ta'lim muassasalari magistratura talabalari uchun mo'ljallangan. Unda mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi, xususan o'qitish uslublari, texnologiyalari, tamoyillari, elektron ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari batafsil bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Mutaxassislik fanlarining o'ziga xos hususiyatlari: Mutaxassislik fanlarining mohiyati, umumiylik va maxsuslik belgilariga ko'ra o'ziga xosligi, ta'limda qo'llaniladigan metodlarning o'ziga xosligi ochib berilgan.
- Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasida qo'llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari: Ilmiy tadqiqotlar, ularning vazifalari, yo'nalishlari, o'qitish jarayonida qo'llaniladigan ilmiy-pedagogik usullar haqida ma'lumot berilgan.
- Ta'limni faollashtirishning ahamiyati: Ta'limni faollashtirishning maqsad va vazifalari, o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari, o'qituvchi va talabalarning faoliyatini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan.
- Modulli o'qitish metodi: Modul tushunchasi, uning mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari, modulni o'qitish bosqichlari, modulli o'qitishga qo'yiladigan talablar batafsil yoritilgan.
- Elektron ta'lim resurslaridan foydalanish: Elektron ta'lim resurslarining afzalliklari, ularni yaratish bosqichlari, ularga qo'yiladigan talablar, elektron darsliklar turlari, ulardan ta'lim jarayonida samarali foydalanish yo'llari bayon etilgan.