Маркетинг
Ushbu kitob marketingning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda marketingning mohiyati, vazifalari, boshqaruv usullari, strategiyalari va narx belgilash siyosati kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Marketingning mohiyati va asosiy tushunchalari: Marketingning ta'rifi, maqsadlari, vazifalari, funksiyalari va iqtisodiyotdagi roli. Marketing konsepsiyalari, marketingni boshqarish va marketing xizmatining tashkil etilishi.
- Marketing tadqiqotlari: Iste'mol bozorlari mohiyati, xaridor xulq-atvori modeli, xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni, bozor segmentatsiyasi va bozorga yondashuvlar.
- Marketingda tovar siyosati: Tovarlarning ahamiyati, klassifikasiyasi, yangi tovarlar ishlab chiqarish strategiyasi, tovarlarning hayotiy tsikli, tovar belgisi va assortimenti.
- Marketingda narxlash siyosati: Turli bozorlarda narx belgilash, boshlangich narxni belgilash metodikasi, yangi tovarga narx belgilash, geografik prinsip bo'yicha narx belgilash, chegirmali narxlar.
- Marketingda kommunikatsion siyosat: Kommunikatsiya mohiyati, samarali kommunikatsiyani ishlab chiqish bosqichlari, axborot tarqatish vositalarini tanlash, reklama.
- Marketingda sotish siyosati: Sotish kanallarining iqtisodiy roli, sotish kanallari konfiguratsiyasi. Sotish kanallarini boshqarish usullari.
- Strategik rejalashtirish: Strategik rejalashtirishning mohiyati va bosqichlari. O'sish strategiyalari turlari va ularni tanlash.
- Marketingni rejalashtirish: Marketingni rejalashtirish mohiyati va ahamiyati, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni.