Agroekologiya

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Fargʻona davlat universiteti Ekologiya kafedrasi uchun «Agroekologiya» fani boʻyicha maʼruza matnlari sifatida nashr etilgan. Unda agroekologiya fanining mazmuni, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, qishloq xoʻjalik ekinzorlarida organizmlarning paydo boʻlishi, qishloq xoʻjalik landshaftlari, organizmlarning kelib chiqishi, madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari, agrotsenoz, uning komponentlari, mahsuldorligi, antropogen omillar, agrobio-tsenoz barqarorligi, agrotsenozga agrotexnik tadbirlarning taʼsiri, ekinzorlarni kasallik va zararkurandalar bilan ishgʻol etilishi, oʻsimliklarni moslashuvi organizmlar oʻrtasidagi munosabatlar, muhit ekologiyasini agrotsenozlarga taʼsiri, landshaftlar organizmlar tarqalishiga taʼsiri, mineral va organik oʻgʻitlarning taʼsiri, yerdan foydalanish va almashlab ekish, qishloq xoʻjalik ekinlarini, kimyoviy tozalashni biologik oqibatlari, Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi mintaqalari, agrotsenozlar mikroflorasi, makrofaunasi, begona o'tlar ekologiyasi kabi mavzularga oid ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Agroekologiya fanining mazmuni va vazifalari: Fanning mazmuni, predmeti, vazifalari, ob'ekti, tadqiqot uslublari, fan oldidagi vazifalar, qishloq xoʻjaligi landshaftlari, organizmlarning kelib chiqishi. Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari. Ekologik omillar mutanosibligi qonuniyati. Yovvoyi oʻsimliklardan organizmlarni madaniy usimliklarga oʻtishi.
  • Agrotsenozlar: Agrobiotsenoz tushunchasi, ishtirok etuvchi mavjudotlar, koiponentlariga tavsif. Agrotsenoz mahsuldorligiga antropogen omillar ta'siri. Ozuqalarga talab, tuzlarga bardoshlik, oʻzaro modda almashinuvi. Muhit ekologiyasini agrotsennozlarga taʼsiri, madaniy ekinlar dalasini shakllanishi. Landshaftlar, organizmlar tarqalishiga taʼsiri.
  • Agrotexnik tadbirlarning ta'siri: Tuproqning ishlash taʼsiri. Mineral oʻgʻitlarning mavjudotlarga taʼsiri. Yerdan foydalanishni ta'siri va almashlab ekish. Qishloq xoʻjalik ekinlarini, kimyoviy tozalashni biologik oqibatlari.
  • Markaziy Osiyo qishloq xoʻjaligi mintaqalari: Yaylov va pichanzorlar. Yaylov oʻsimliklarini ekologik xususiyatlari. Qoramol eksperimentlari faunasi. Tuproq ustki qatlamining hayvonot olami.
  • Ekinlar dalalari ekologiyasi: Paxta dalasi ekologiyasi. Gʻalla dalasi ekologiyasi. Sabzavot - poliz ekinlari dalalari ekologiyasi. Ekinzorlarni kasallik va zararkurandalar bilan ishgʻol etilishi.