O`zbеk adabiyoti o`qitishning zamonaviy texnologiyalari fanidan

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Navoiy davlat pedagogika instituti oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan boʻlib, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining adabiyot darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalariga bagʻishlangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Milliy istiqlol gʻoyasi va ma'naviy barkamollik: Ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim tizimining asosi, adabiyot oʻqitishda milliy istiqlol gʻoyasi va ta’lim tarbiya, ma’naviy barkamol shaxs tarbiyasida adabiyot fanining oʻrni.
  • Adabiyot oʻqitishda yangi innovatsion va pedagogik texnologiya, uning tamoyillari: Yangi pedagogik texnologiya haqida, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ta’lim tizimida joriy qilinishi, yangi pedagogik texnologiyalarning tamoyillari va adabiy ta’lim, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning joriylashtirish.
  • Adabiyot darslarini tashkil etishda oʻyin texnologiyasi: Adabiy ta'limda oʻyin texnologiyalarining oʻrni va ahamiyati, oʻyin turlari va ulardan foydalanish texnologiyasi, oʻyin texnologiyalari asosida adabiyot darslarini tashkil etish.
  • Sayohat darslarini tashkil etish: Sayohat darslari va uning turlari, sayohat darslarini tashkil etish, sayohat darslarining ahamiyati.
  • Noan'anaviy dars shakllari. Bahs munozara, muammoli va teatirlashtirilgan darslarni tashkil etish metodikasi: An’anaviy va noan’anaviy dars shakllari, noan’anaviy darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida uyushtirish, noan’anaviy darslarning samaradorlik jihatlari, bahs-munozara darslarini tashkil etish, teatrlashtirilgan darslarni tashkil etish metodikasi.
  • Sinfdan tashqari mashg'ulotlarni tashkil qilish: Adabiy ta’limni rivojlantirishda sinfdan tashqari mashg’ulotlarning oʻrni va ahamiyati, sinfdan tashqari mashg’ulotlarni hosil qilishning vositasi (toʻgaraklar), adabiy-ijodiy toʻgaraklar, adib hati va ijodini oʻrganishda adabiy kecha va tadbirlar oʻtkazish, koʻrgazma va vistavkalar tashkil etish, adib muzeyiga sayohat uyushtirish.
  • Umumiy o'rta ta'lim maktablarining adabiyot darslarida kompyuterdan foydalanish yoʻllari: Adabiyot o'qitishda komp'yuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari, adabiyot boʻyicha ta'limiy-alektron ishlanmalar tayyorlashga qoʻyiladigan talablar, o'quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirishda komp'yuter texnikasidan foydalanish usullari.