Ahоli geоgrafiyasi
Kitobda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo aholisi geografiyasi, demografiyasi, etnik tarkibi, migratsiyasi, urbanizatsiyasi, bandlik masalalari keng yoritilgan. Aholi soni, o‘sish dinamikasi, joylashuvi, etnik va diniy tuzilishi, mehnat resurslari va ulardan foydalanish, shahar va qishloq aholisi, migratsiya jarayonlari va demografik siyosat kabi muhim jihatlar tahlil qilingan. Kitob talabalarga, o‘qituvchilarga va demografiya masalalari bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Aholi geografiyasi kursi predmeti, maqsadi va vazifalari: Aholi geografiyasining tadqiqot ob'ekti va predmeti, asosiy vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi, iqtisodiy geografiyaning tarkibiy qismi sifatida o'rni.
- Axolining soni va uning takror barpo qilinishi masalalari: Aholi o'rtasida o'lim ko'rsatkichlari, o'rtacha umr ko'rish, axolining tabiiy o'sishi va unga ta'sir etuvchi omillar, takror barpo bo'lish jarayonlari.
- Dunyo axolisi va uning dinamikasi. Yer yuziga joylanish xususiyatlari: Dunyo aholisining o'sish dinamikasi, joylashuvi, zichligi, hududiy joylashuvida ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy omillarning ta'siri.
- Mehnat resurslari va ularning tarkibi: Mehnat resurslari haqida tushuncha, iqtisodiy faol aholi, mehnat resurslaridan foydalanish muammolari, aholining mehnat faoliyatiga ko'ra guruhlanishi.
- Axolining yosh va jinsiy tarkibi: Jinslar takribi, yoshlar bo'yicha tarkibi, mehnat resurslariga ta'siri, aholining iqtisodiy faolligi.
- Axolining etnik milliy va irqiy tarkibi: Etnik tarkibi, millatlararo munosabatlar, irqiy birikmalar, irqlarni kelib chiqishi, asosiy katta irqlar.
- Dunyo axolisining diniy tarkibi: Dinlarning tarqalishi, jahon dinlari, milliy dinlar.
- Axolining hududiy taqsimlanishi va zichligi: Aholining territorial joylanishi, dunyo regionlarida zichlik darajasi, zichligiga xo'jalikning ta'siri.
- Shahar va qishloq aholisi: Shahar aholisi, urbanizatsiya, qishloq aholisi.
- Axoli migratsiyasi: Migratsiya haqida tushuncha, turlari, shakllari, aholini joylanishi va migratsion harakatlari.
- Demografik siyosat: Aholi ko'payishi va demografik faollik, demografik siyosat - aholini ko'payishini boshqarish.
- Markaziy Osiyo davlatlari axolisining soni va oʻsish dinamikasi: Markaziy Osiyo davlatlari aholisining soni ko'payishi va joylanishi, axolini diniy, etnik tarkibi. Axoli punktlari.