Аdаbiyotshunoslikka kirish
Ushbu kitob adabiyotshunoslik asoslari, adabiy turlar va janrlar, ijodiy metod va uslublar haqida ma'lumot beradi. Adabiyotning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, so'z san'atining o'ziga xos xususiyatlari, badiiy asarning tuzilishi va tahlili kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kitobda jahon adabiyotidan namunalar keltirilgan holda, adabiy tahlilning asosiy usullari tushuntiriladi.
Asosiy mavzular
- Adabiyotshunoslik –So'z san'ati haqidagi fan: Adabiyotshunoslikning predmeti, vazifalari va tarkibiy qismlari (adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi, matnshunoslik) haqida ma'lumot beriladi. Sharq adabiyotshunosligining o'ziga xos xususiyatlari ko'rsatiladi.
- Adabiyotshunoslik ob'yekti: Badiiy adabiyot (og'zaki va yozma), badiiylik, xalq og'zaki ijodi (folklor) va yozma adabiyot tushunchalari yoritiladi.
- Badiiy obraz: Badiiy obraz tushunchasi, uning turlari (realistik, romantik, fantastik, majoziy, allegorik), badiiy vositalar (o'xshatish, sifatlash, mubolag'a va boshqalar), xarakter, personaj va qahramon tushunchalari, badiiy to'qima haqida ma'lumot beriladi.
- Badiiy asar uzvlari: Badiiy asar, shakl va mazmun, mavzu va g'oya, sujet va kompozitsiya, badiiy til, ijodkor maqsadi, konflikt tushunchalari tahlil qilinadi.
- Kompozitsiya va sujet: Kompozitsiya va sujet tushunchalari, sujet elementlari (ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim), fabula, portret va peyzaj, detal, lirik chekinish, sayyor sujet tushunchalari yoritiladi.
- Badiiy asar tili: Badiiy til tushunchasi, adabiy til elementlari, badiiy tasvir vositalari (metafora, metonimiya, sinekdoxa, mubolag'a va boshqalar), poetik sintaksis (intonatsiya, parallelizm, anafora va boshqalar) tahlil qilinadi.
- She'riy tizimlar va she'riy janrlar: She'riy tizimlar (sillabik, metrik, sillabotonik, tonik), barmoq, aruz va erkin (sarbast) she'r tizimlari, g'azal, ruboiy, tuyuq, doston, poema kabi she'riy janrlar haqida ma'lumot beriladi.
- Adabiy turlar va janrlar: Adabiy turlar (epos, lirika, drama) va janrlar (roman, qissa, hikoya, g'azal, ruboiy, komediya, tragediya va boshqalar) ta'rifi, xususiyatlari va o'zaro munosabatlari tahlil qilinadi.
- Ijodiy metod: Ijodiy metod tushunchasi, klassisizm, sentimentalizm, naturalizm, realizm, romantizm, modernizm (ratsionalizm, abstraksionizm, simionizm, syurealizm, futurizm, kubizm) oqimlari haqida ma'lumot beriladi.
- Ijodiy uslub: Ijodiy uslub tushunchasi, ijodkor uslubi, uslubning shakllanish omillari, o'ziga xosligi, uning asar mazmunini ifodalashdagi roli tahlil qilinadi.