Етика-Естетика
Ushbu oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Etika-Estetika" fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun moʻljallangan. Qoʻllanma falsafa kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, unda axloqshunoslik va nafosatshunoslik kurslarining asosiy mavzulari boʻyicha maʼlumotlar, tushunchalar va uslubiy koʻrsatmalar jamlangan.
Asosiy mavzular
- Axloqshunoslik fanining vazifalari: Axloqshunoslik fanining oʻqitishdan maqsad va vazifalari: talabalarga axloq va axloqiy tafakkurning paydo boʻlishi, axloqning davlat va jamiyatdagi oʻrnini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tahlil qilish, shuningdek, talabalarda ezgulikka eʼtiqod, Vatanga muhabbat hissini shakllantirish.
- Nafosatshunoslik fanining vazifalari: Nafosatshunoslik fanining oʻqitishdan maqsad va vazifalari: talabalarga estetik tafakkurning kelib chiqishi, sanʼat va tabiatdagi goʻzallikning inson hayotidagi oʻrnini tushuntirish, estetik qadriyatlarni tahlil etish, shuningdek, talabalarda goʻzallikka nisbatan muhabbat hissini shakllantirish.
- Qadimigi dunyo axloqshunosligi: Qadimigi sharq va yunoniston axloqiy ta'limotlari haqida ma'lumotlar beriladi.
- O'rta asrlar mutafakkirlarining axloqiy ta'limotlari.: O'rta Osiyo va O'rta Yer dengizi mintaqalarida yashagan mutafakkirlarining axloqiy qarashlari.
- Yangi davr axloqshunosligi: Yangi davrga kelib chiqan axloqshunoslar va ularning yangi qarashlari