Berkituvchi moslamalar

Ushbu kitob gaz armaturasining turlari, tuzilishi, ishlatilish sohasi va texnik xususiyatlari haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, armaturalarni o'rnatish, ishlatish va ta'mirlash bo'yicha ko'rsatmalar keltirilgan. Kitob kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Gaz armaturasining tasnifi va uning qo'llanilish sohasi: Armatura turlari (berkituvchi, rostlovchi, saqlovchi, favqulodda, bo'linma), ularning vazifalari va konstruktiv xususiyatlari, armaturani tasniflash va belgilash qoidalari.
  • Berkituvchi kranlar: Tortiladigan, flanesli, moylangan va boshqa turdagi kranlarning tuzilishi, ishlash printsipi, asosiy detallari va o'lchamlari, ishlatish sohalari.
  • Ventillar: Muftali, sapkali, flanesli, elektromagnit va boshqa turdagi ventilalrning tuzilishi, ishlash printsipi, asosiy detallari va o'lchamlari, ishlatish sohalari.
  • Saqlash, rostlash, elektromagnit boʻlinma va tashlama klapanlari: Saqlash klapanlari (prujinali, vakuumli), rostlash klapanlari, elektromagnit klapanlar, muhofazalovchi klapanlar va boshqa turdagi klapanlarning vazifasi, tuzilishi va ishlash printsipi.
  • Rostlovchi toʻsqichlar: Kichik qarshilikli rostlash-burilish toʻsqichlari, burilish-rostlash toʻsqichlari va ularning tuzilishi, ishlash printsipi.
  • Surilmalar: Surilmalarning umumiy tuzilishi, tasnifi, shpindelli va shpindelsiz surilmalar, turli xil konstruksiyalar, asosiy detallar va o'lchamlar.
  • Quvur armaturalarining elektr yuritmalari: Elektr yuritmalarning vazifasi, tuzilishi, ishlash printsipi, turlari va texnik xususiyatlari.
  • Gidravlik berkitish moslamalari: Gidroto'sqichlar va gidrosurilmalar, ularning tuzilishi, ishlash printsipi va ishlatish sohalari.
  • Gaz armaturasini ulash, texnik ishlatish va ta'mirlash: Armaturani ulash qoidalari, texnik xavfsizlik, ta'mirlash usullari, saqlash va boshqa texnik masalalar.