Акустик назорат усуллари ва асбоблари

Kitob akustik nazorat usullari va asboblariga bag'ishlangan. Unda materiallar va mahsulotlar sifatini buzilmaydigan akustik usullar yordamida nazorat qilishning nazariy asoslari, amaliyotda qo'llanilishi, uskunalar tuzilishi va ulardan foydalanish masalalari yoritilgan. Kitob asosan "Asbobsozlik" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Akustik nazorat usullari va apparatlari tasnifi: Akustik nazorat usullarining mohiyati, faol va passiv usullar, ularning afzalliklari va kamchiliklari, qo'llanilish sohalari, aktiv usullarning turlari (o'tish, qaytish, soylar, vaqt-soya, aks sado), hamda ularning asosiy prinsiplari.
  • Akustik nazorat asoslari: Tovushning tabiati, fizik xususiyatlari (chastota, intensivlik, bosim, spektral tarkib), sub'ektiv xususiyatlari (balandlik, tembr), turli muhitlarda tovushning tarqalishi, to'lqin qarshiligi, qaytishi, reverberatsiya hodisalari.
  • Elektroakustik o'zgartirgichlar: Pyezoelektrik o'zgartirgichlar ishlash prinsipi, pyezoeffekt hodisasi, tabiiy va sun'iy pyezoelektrik materiallar, ularning xarakteristikalari, qo'llanilishi, tuzilishi, pyezoelektrik o'zgartirgichlarning asosiy parametrlari va tavsiflari.
  • Axo usuli: Impulsli ultratovush defektoskop, uning tuzilishi, ishlash prinsipi, signallarni qayta ishlash, axo signallarini hisoblash, akustik trakt tushunchasi, xalaqit beruvchi omillar va ularni bartaraf etish.
  • O'tish usuli: Soyalar usuli, uning asosiy prinsiplari, akustik trakt, impulsli defektoskopning funksional sxemasi.
  • Akustik emissiya usuli: Akustik emissiya usulining fizik asoslari, manbalari, asboblar tuzilishi, qo'llanilishi.
  • Akustik nazorat asboblarini qo'llanilishi: Metall ob'ektlar defektoskopiyasi, ultratovush qalinlik o'lchagichlar, materiallarning fizik-mexanik xususiyatlarini nazorat qilish, ultratovushli sarf o'lchagichlar, ultratovushli satx o'lchagichlar.
  • Akustik apparatlarni tibbiyotda qo'llanilishi: Ultratovushning tibbiyotda qo'llanilishi, klinikada tovush yordamidagi tekshirishning fizik asoslari.