Amaliy folklorshunoslik
Ushbu uslubiy qo'llanma o'zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun "Amaliy folklorshunoslik" fanidan mustaqil ishlarni bajarishda yordam berishga mo'ljallangan. Unda zarur ko'rsatmalar, topshiriqlar, adabiyotlar va internetdagi foydali resurslar keltirilgan. Qo'llanma talabalarga folklorshunoslikni chuqurroq o'rganishlariga va mustaqil tadqiqot olib borishlariga ko'maklashadi.
Asosiy mavzular
- Talaba mustaqil ishining tashkil etilishi: Talabaning mustaqil ishi o'quv rejasining ajralmas qismi bo'lib, o'quv rejasida belgilangan adabiyotshunoslik fanlarini o'zlashtirish uchun xizmat qiladi. U uslubiy va axborot resurslari bilan ta'minlanadi hamda reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
- Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari: Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o'qituvchi rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o'quv ishlarini mustaqil bajarishi uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
- O`zbek folklorining janrlar tarkibi: O`zbek folklorining janrlar tarkibi,epik janrlar va ularning differensiyasi,Og`zaki asarlarni adabiy turlarga ajratish mezonlari, Og`zaki lirik adabiy asarlar, Ularning janr mansubiyati, bir biridan farqli tomonlari.
- Folklor asarlarini yozib olish metodlari: Folklor asarlarini yozib olishda jahon folklorshunosligi tajribalari. Xalq og'zaki poetik ijodi asarlarini yozib olishning eng ilg'or usullari,Fonografik usulda yozib olishning principlari, Vidiografik usuldan foydalanish, Qo`lda yozib olish metodi hakida ma`lumot.
- Maqol va topishmoqlar: Maqol janrining o`ziga xos belgilari, Bu janrdagi asarlarning mavzu ko`lami, Uning matal, topishmoq janrlaridan farqli jihatlari, Maqollarning o`z va ko`chma ma`noda qo`llanishi, Maqollar tasnifi, Maqollar poetikasida badiiy ko`chimlarning ishlatilishi.