“Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”

Ushbu kitob O'zbekistonda mustaqillik yillarida milliy g'oyaning ahamiyatini, jamiyatda tutgan o'rnini va yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini yoritadi. Kitobda milliy istiqlol g'oyasining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy asoslari, shuningdek, uning umumbashariy qadriyatlar bilan uyg'unligi tahlil qilinadi. Shuningdek, kitobda milliy g'oyani xalq ongiga singdirishning usullari va yondashuvlari, yoshlarda milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini shakllantirish masalalari ham ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Milliy istiqlol g'oyasining predmeti, maqsadi va vazifalari: Milliy istiqlol g'oyasining o'rganish zarurati, fanning predmeti, ob'ekti, maqsadi va asosiy vazifalari, shuningdek, fanning asosiy tushunchalari va printsiplari ko'rib chiqiladi.
  • Jamiyat taraqqiyotining g'oya va mafkura bilan o'zaro bog'liqligi: G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati, inson va jamiyat hayotida g'oya va mafkuralarning o'rni, bunyodkor va vayronkor g'oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotiga ta'siri tahlil qilinadi.
  • Globallashuv jarayonlarida milliy g'oyaga ehtiyojning ortishi: Globallashuv tushunchasi, globalizm va aksilglobalizm, globallashuvning milliy g'oyaga ta'siri, O'zbekistonda mafkuraviy manzara va globallashuv jarayonlari yoritiladi.
  • G'oyaviy immunitetni shakllantirish – xavfsizlik va barqarorlik omili: Mafkuraviy immunitet tushunchasi, uning xavfsizlikning ma'naviy asosi sifatidagi roli, g'oyaviy manipulyatsiya, tarixda mafkuraviy immunitet, mafkuraviy himoyaning xorijiy tajribasi masalalari ko'rib chiqiladi.
  • O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g'oyaning zarurligi va ahamiyati: O'zbekistonning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, milliy-madaniy rivojlanish hususiyatlarini, qadriyatlarini e'tirof etish mumkin. Shuningdek, fanning ob'ektini O'zbekiston tanlagan taraqqiyot yo'li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma'naviy negizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi.
  • Milliy g'oya xalqning ishonchi va e'tiqodi: Milliy g'oyaga ishonch, e'tiqod, milliy g'urur, o'zlikni namoyon etish va qadrlash tuyg'ulari, milliy istiqlol g'oyasining maqsad va vazifalari, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyili tahlil qilinadi.
  • Milliy g'oya – o'zlikni anglash va taraqqiyot omili: O'zlikni anglashning ahamiyati, g'oyalar va mafkuralar tarixi, xalqning madaniy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, tili, madaniyati, tarixi, falsafasi, diniy ruhiyati bilan uzviy bog'liqligi masalalari yoritiladi.
  • Milliy g'oya va milliy – ma'naviy qadriyatlar: Jamiyatda sog'lom ijtimoiy muqitni yaratish, kishilar ongiga Vatan taqdiri uchun mas'ullik, yagona Vatan tuyg'usini mustahkamlash masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Milliy g'oyaning umumbashariy tamoyillari: Umumbashariy qadriyatlar va tamoyillar tushunchalarining mazmuni, milliy taraqqiyotda umumbashariy yutuqlarning o'rni va roli, umumbashariy tamoyillar mazmuniga milliy istiqlol g'oyasining singib borishi masalalari yoritiladi.
  • Milliy istiqlol g'oyasining bosh maqsadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon qayot qurish g'oyasining negizlari, milliy g'oya - erkin va farovon qayot qurish omili sifatida yoritiladi.
  • Millatlararo totuvlik, milliy va diniy bag'rikenglik: Ijtimoiy hamkorlik, millatlararo qamjiqatlik va diniy bag'rikenglik masalalari yoritiladi.
  • Milliy g'oya va yoshlar, milliy qurur va or-nomus: Yoshlari milliy qadiriyatilarga to'qri yo'naltirish bilan boqliq vazifalar. Yoshlar ma'naviyatiga taqdidlar va milliy g'oya.
  • Milliy istiqlol g'oyasining inson ongi va qalbiga singdirish: yangicha uslublar va yondoshuvlar: Milliy g'oya shakllanishida bilim, g'oya, nazariya, e'tiqodning ahamiyati. Milliy istiqlol g'oyasini fuqarolar ongiga singdirish jarayonining metodologik asoslari. Uslublar va yondashuvlar.
  • Milliy g'oya va demokratik rivojlanish: Demokratik rivojlanishda milliy mustaqillik g'oyasi. Milliy g'oya va demokratik rivojlatirish. Milliy g'oya erkin fuqaro va ozod shaxs.