Menejment asoslari

Ushbu kitob menejment asoslari, uning tamoyillari, funksiyalari va tashkilotlarda qo'llanilishi haqida ma'lumot beradi. Kitobda menejment nazariyasining rivojlanish tarixi, boshqarish usullari, xorijiy tajribalar va O'zbekistonda boshqaruvni takomillashtirish yo'llari ko'rsatilgan. Kitob talabalar, o'qituvchilar va iqtisodiyot bilan qiziquvchi barcha o'quvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Menejment haqida umumiy ma'lumotlar: Menejmentning mohiyati, nazariyasi, rivojlanish tarixi, boshqarish usullari, tamoyillari va o'yinlar nazariyasi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tashkilot va boshqarish jarayonlari: Tashkilot turlari, tuzilishi, elementlari, ularning o'zaro bog'liqligi, iqtisodiy va tashkiliy rivojlanish bosqichlari, xorijiy tashkilotlarning tashkiliy tuzilishi va mas'uliyati haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Aloqa qiluvchi (bog'lovchi kommunikatsion) jarayonlar: Menejmentda va tashkilotlarda o'zaro kommunikatsiya, boshqarishda axborotlar, qarorlar, rahbarning qaror qabul qilish modeli, bajarilishini tashkil qilish va nazorat qilish haqida ma'lumot berilgan.
  • Boshqarish funksiyalari va tamoyillari: Boshqarish funksiyalari, vakolat, o'zaro hamkorlik, motivlashtirish, nazorat funksiyalari, motivlashtirish nazariyasi, rahbarlik uslublari va ularga tavsiflar, X va Y nazariyasi, konfliktlar va stresslarni boshqarish haqida ma'lumot berilgan.
  • Guruhlarning rivojlanishi (dinamikasi): Guruhlarning rivojlanishi, tashkiliy rivojlanishi, samaradorligi, ish yig'ilishlari, hokimiyat va sardorlik, rahbariyat, rahbirlik uslubi, X va Y nazariyasi, konfliktlar va stresslarni boshqarish haqida ma'lumot berilgan.
  • Tashkilot faoliyatida samaradorlikni ta'minlash: Menejment tizimida marketing, tovar sifati, bozor mexanizmi, mehnat resurslarini boshqarish, Operatsiyalar tizimining ishlashi, reja turlari, Ishlab chiqarishni operativ boshqarish, Boshqarishning aralash tizimi haqida ma'lumot berilgan.