Doyra jilolari
Ushbu kitob O'zbekiston xalq cholg'usi doyrada ijrochilikni o'zlashtirish masalalariga bag'ishlangan. Qo'llanmada amaliy-uslubiy ko'rsatmalar, xalq ijodidan namunalar, kompozitorlar asarlari va muallifning asarlari jamlangan. Kitob oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'qituvchilari, talabalari va o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Muallifdan: Doyra usullari, ularning rivoji va ahamiyati haqida ma'lumot berilgan. O'tmishda yashab ijod etgan olimlarning musiqiy usullarga e'tibori, XX asr boshlarida alloma Abdurauf Fitratning murakkab usullar tizimi haqidagi yozuvlari keltirilgan. Usta Olim Komilovning doyra ijrochiligiga qo'shgan hissasi va yakka soz sifatida shakllanishi haqida so'z yuritiladi.
- Amaliy-uslubiy tavsiyalar: Doyra ijrochiligining ahamiyatli tomonlari, asar sur'atini mutanosib saqlay bilish, usullarning jozibali talqin etish. Zarblar sifati, kuchi va ularning mazmuni. Kvintet bo'lib ijro etishning o'quvchi-talabalarning professionallik xususiyat kasb etishlaridagi ahamiyati. Kvintet ijrosining ichki uch tamoyili: unisonli ijroda bir xillik, ketma-ket ijroda sadodek yangrashi va ansamblli ijroning oʻz jozibasini namoyish qilishi.
- «YANGRA DOYRA»: Asar taniqli kompozitor Avaz Mansurov tomonidan kamer orkestr uchun yozilgan bo'lib, milliy ohanglar asosida oʻynoqi va jozibali kuy zamonaviy talqinini topgan. Asar xalq orasida eng ommalashgan 6/8 oʻlchoviga xos ufor usuliga asoslangan.
- «OʻZBEKCHA SKERSO»: Ushbu asar taniqli kompozitor Fattoh Nazarov qalamiga mansub boʻlib, gʻijjak va fortepiano uchun yozilgan. Asarning metro-ritmik tuzilishi asosida doyra uchun yakka ijro yoʻli tuzilgan. Bunga kuy usuli asos boʻlgan. Gʻijjak partiyasi fotepianoning oʻng qoʻl partiyasiga koʻchirilgan.
- I DUET: Ushbu musiqiy namuna qoʻsh doyra ijrochilariga murojaat etib yaratilgan asarlardan biri. Unda oʻzbek musiqa merosidan joy olgan ikki turdagi usul tanlab olingan, ular oʻziga xos holda har birida mavjud boʻlgan 7 ta ritmik tuzilma orqali sayqallar va metro-ritmik shakllar bilan boyitib tasvirlangan. Ijro uslubi ham joʻrnavozlikdagi yoʻllardan biri boʻlgan aytishuv yoki savol-javob tamoyiliga asoslangan.
- II DUET: Birinchi duet asosan savol-javob tamoyili asosida, ikki xil oʻlchovdagi usullar oʻz ranglarini namoyon etgan boʻlsa, ikkinchi duet koʻproq ijrochilarning texnik mahoratini oshirish maqsadida hamda usullar almashinuvidagi chaqqonlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Buning negizida esa diqqatni qoʻllarning zarbiga jalb etish yotadi. Shu bois, duetning zaminidagi maqsadlaridan biri doyrachilarni zarb nuqtayi nazaridan chiniqtirishdir.
- «SHODLIK VA BURULCHADAN»: Taniqli doyrachi Elmurod Islomovning ijodiy namunalaridan biri. Oʻzbek doyra usullari boshqa xalqlarning an'anaviy usullari bilan uyg'unlashtirib yaratgan asaridir. Asarning oʻziga xosligi va rang-barangligini inobatga olib, ilk bor kvintet, ya'ni 5 doyra ijrosi uchun moslashtirildi. Ana'naviy usullar zamonaviy urma cholgʻular ijrosiga xos tarzda moslashtirilgan.
- DOYRACHILAR ANSAMBLI: Qo'llanma muallifning zarbchilar san'ati rivojlangan bir paytda va doyra ijrochilarining zamonaviy jarayonida oʻylagan va tavsiya etayotgan g'oyasini amalga oshirishda bajargan ilk ijodiy namunasidir. Undan joy olgan namunalar ta'lim muassasalarida tahsil olgan oʻquvchi-talabalar ijro amaliyotida bir necha vaqtdan beri sinalgandan soʻng tavsiya etilmoqda.