Бизнес бошкарув

Ushbu kitobda bitiruv malakaviy ishni (BMI) yozish va himoya qilish jarayoniga oid umumiy talablar, mavzularni tanlash, ishni bajarishga rahbarlik qilish, yozish tartibi, baholash mezonlari va himoya qilish kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, ishni rasmiylashtirish, adabiyotlar ro'yxatini tuzish va ilovalarni tayyorlash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar berilgan. Kitob talabalarga BMI tayyorlashda amaliy yordam berishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Bitiruv malakaviy ishni bajarishning umumiy talablari: Oliy ta'lim muassasalarida bakalavr bitiruv malakaviy ishini tashkil etish va nazorat qilish, bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari.
  • "<<Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar>> bakalavr yo'nalishi bitiruvchilari uchun <<Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi>>: Bitiruv malakaviy ishlari mavzularining mohiyati, mavzularni ishlab chiqish va tasdiqlash, mavzuni tanlash tartibi.
  • Bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbarlik: Bitiruv malakaviy ishlarga rahbarlarni belgilash tartibi, rahbarlik qiluvchining vazifalari.
  • Bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi: Ishning mazmunini ochib berishga va alohida bandlariga qo'yiladigan talablar, ishda ixtibos va havolalarni qayd qilish usullari.
  • Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro'yxatini tuzush tartibi: Adabiyot va manbalar ro'yxatini tuzish qoidalari.
  • Materiallarni yoritib berishga qo'yiladigan talablar: Texnik-uslubiy va ilmiy talablar.
  • Bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirish tartibi: Ishni bayon qilishdagi texnik talablar, tarkibiy tuzilishi va ichki mazmuni.
  • Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish: Ishni himoya qilish tartibi va talablar.
  • Davlat attestatsiya komissiyalarining faoliyati: Komissiyalarning tuzulishi va yakuniy davlat attestatsiyasini o'tkazish tartibi.
  • BMI va tegishli hujjatlarning taqdim qilish tartibi: Himoya kunidan oldin qilinadigan ishlar.