Umumiy fizika

Ushbu kitob "Umumiy fizika" fanining barcha bo'limlari bo'yicha mustaqil ish qo'llanmasi bo'lib, oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika hamda atom va yadro fizikasi kabi fizikaning asosiy bo'limlarini qamrab oladi. Har bir bo'limga tegishli nazariy ma'lumotlar, amaliy mashg'ulotlar va tajribalar kiritilgan.

Asosiy mavzular

  • Mexanika: Moddiy nuqta kinematikasi, inersial va noinersial sanoq sistemalari, tabiatdagi kuchlar, og'irlik kuchi va og'irlik holati, ish, quvvat va energiya, energiyaning aylanishi va saqlanishi qonuni.
  • Molekulyar fizika: Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy qoidalari, molekulalarning massasi va o'lchamliligi, ideal gaz qonunlari, molekulalarning temperaturalar termodinamik shkalasi, potentsial maydondagi zarrachalar uchun Bolsman taqsimot qonuni va barometrik formula.
  • Elektr va magnetizm: Elektr zaryadi, elektr maydoni, potensial, kondensatorlar, o'tkazgichlar, segnetoelektriklar, elektr toki, magnit maydoni, dia-, para- va ferromagnetiklar, elektromagnit induksiya.
  • Optika: Yorug'lik to'lqinlari, interferensiya, difraksiya, qutblanish, dispersiya, issiqlik nurlanishi, Stefan-Bolsman qonuni, Vin qonuni, Reley-Jins formulasi.
  • Atom va yadro fizikasi: Bor postulatlarining fizik ma'nosi, vodorod atomi, De-Broyl gipotezasi, majburiy nurlanish, yadro kuchlari, radioaktivlik va yadro reaksiyalari.