Biofaol moddalar biotеxnologiyasi fani

Ushbu kitob tibbiyot ta'limi muassasalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tabiiy birikmalar va dori vositalari biotexnologiyasi fanini o'rganishga yordam beradi. Unda dori vositalarini standartlash, mikroorganizmlarni biotexnologiya usulida olish va ishlatish, vitaminlar, lipidlar, aminokislotalar va antibiotiklar kabi asosiy mavzular yoritilgan. Kitob talabalarga amaliy mashg'ulotlar uchun qo'llanma sifatida xizmat qiladi va fanni chuqur o'zlashtirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Dori vositalarini standartlash: Dori vositalarini standartlash usullari, MTX (me'yoriy-texnik hujjatlar) tuzilishi va unga qo'yilgan talablar muhokama qilinadi. Farmakopeya maqolalariga qo'yiladigan talablar, aniqlash xatlari va taxlil natijalari jadvali kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Mikroorganizmlarni biotexnologiya usulida olish va ishlatish: Mikroorganizmlar assotsiatsiyalari, energiya manbalari, elektronlar manbalari, produtsent olish sxemalari va mikroorganizmlarni o'stirish sharoitlari o'rganiladi. Mikroorganizmlarni pasportlash va saqlash sharoitlariga alohida e'tibor qaratiladi.
  • Vitaminlar olinishi va ishlatilishi: Vitaminlar tarixi, olinishi, karotinoidlar ularni mikroorganizmlarda hosil bo'lishi va ishlatilishi, alkaloidlar xaqida ma'lumot beriladi.
  • Lipidlar: Lipidlar xaqida tushuncha, neytral lipidlar, fosfolipidlar, to'yingan va to'yinmagan kislotalar, lipidlarning organizmdagi roli tahlil qilinadi.
  • Aminokislotalar: Aminokislotalarni ajratib olishning asosiy usullari, aminokislotalarni inson organizmidagi roli, oziq-ovqat sanoatida qo'llanilishi, mikrobiologik sintez orqali olish usullari va immobillangan ferment ishtirokida olish usullari o'rganiladi.
  • Antibiotiklar: Antibiotiklar kimyosi, olinishi, tarixi, texnologiyasi, ishlatilishi, biologik va farmokologik analiz natijalari, antibiotiklarning kasalliklarda qo'llash usullari va ta'sir mexanizmlari ko'rib chiqiladi.
  • Xromatografiya: Xromatografiya usullari va ularni amaliyotda qo'llash