Классик шаклли эгилувчан анизотроп пластинканинг кучланиш-деформацион ҳолатини урганиш
Dissertatsiya ishi klassik shaklga ega boʻlgan egiluvchan anizotrop plastinkalarning deformatsiyalanish jarayonini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda qattiq jismlar mexanikasi, elastiklik nazariyasi, umumlashgan deformatsiya, kuchlanish holatlari, anizotrop plastinkaning choʻzilish va egilish momentlari kabi masalalar batafsil tahlil etilgan. Shuningdek, ishda egiluvchan izotrop va anizotrop plastinka masalalari uchun dasturiy vosita yordamida sonli va grafik natijalar olingan hamda tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Elastiklik nazariyasi masalalari: Masalalarning qo'yilishi batafsil o'rganib chiqilgan va yoritilgan.
- Anizotrop materiallar: Ayrin elastic anizotrop materiallar haqida tushunchlar keltirildi.
- Variatsion prinsiplar: Elastiklik nazariyasining masalalarining qo'yilishi hamda variatsion prinsiplar o'rganildi.
- Deformatsiya va kuchlanish holatlari: Umumlashgan defoematsiya va kuchlanish holatlari bayon etildi.
- Anizotrop plastinkaning cho'zilish va egilish momentlari: To'g'ri to'rtburchakli anizotrop plastinkaning cho'zilish va egilish momentlari batafsil tahlil etildi.
- Plastinka masalalari: Egiluvchan izotrop va anizotrop plastinka masalalari uchun qurilgan programmaviy vositadan foydalanib sonli va grafik natijalar olindi va tahlil qilindi.