Ichki yuqumsiz kasalliklar
Ushbu kitob veterinariya yo'nalishi talabalari va mutaxassislari uchun mo'ljallangan bo'lib, qishloq xo'jalik hayvonlaridagi ichki yuqumsiz kasalliklar diagnostikasi, davolash va oldini olish usullari haqida ma'lumot beradi. Kitobda kasalliklarning sabablari, rivojlanish xususiyatlari, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktik tadbirlari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Ichki yuqumsiz kasalliklar fani: Fanning ta'rifi, maqsad va vazifalari, klinik fanlar orasidagi o'rni, yuqumsiz kasalliklarni o'rganish tartibi.
- Kasal hayvonlarni fiksatsiya qilish va klinik tekshirish: Kasal hayvonlarni fiksatsiya qilish usullari, klinik tekshirish, klinik hujjatlar va ularni yuritish tartibi.
- Davolash usullari: Dorilar, davolash vositalari va davolash usullari tushunchalari, davolash usullarining tasnifi va mohiyati.
- Terapevtik texnika: Dorilarni ichirish texnikasi, parenteral inyeksiyalar.
- Dispanserlash: Dispanserlashning diagnostik, terapevtik va profilaktik bosqichlari.
- Fizioterapiya: Yorug'lik nurlaridan foydalanish. Ultrabinafsha va infraqizil nurlarining biologik ta'siri, manbalari, qo'llash qoidalari.
- Elektroterapiya: Davolashda elektr tokidan foydalanish. Elektroterapiya usullarining mohiyati.
- Yurak - qon tomir tizimi kasalliklarini davolash: Yurakka ta'sir etuvchi dorilar va ularga reseptlar yozish. Kasallikda qollash
- Nafas yo'llari kasalliklarini davolash: Antibiotiklar bilan davolash tartibi, intratraxeal inyeksiya, ingalyasiya va aerozoloterapiya
- Katta qorin va me'dani yuvish: Katta qorin va medani yuvish texnikasi. Magnitli zondlarni ishlatish texnikasi. Klizmalar.
- Osh tuzidan zaharlanish: Osh tuzidan va karbamiddan zaharlanish belgilari, davolash va profilaktika
- Modda almashinuvi buzilishlari: Glyukoza, ishqoriy zahira, oqsil, keton tanachalari miqdorini aniqlash
- Tug’ruqdan keyingi kasalliklar: Qoldiq yo'ldosh, bachadon og'rigi, bachadon tushishi kabilar