Eng yangi tarix

Ushbu o‘quv qo‘llanmada Yevropa va Amerika mamlakatlarining XX asr ikkinchi yarmidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi, jahon siyosatidagi o‘rni, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan aloqalari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI: Urushdan keyingi davrda Yevropa va Amerika mamlakatlarining o‘zaro munosabatlari, sotsializmning yemirilishi, dunyo siyosatida markazga intilish tendensiyalari va ko'p qutbli dunyoning vujudga kelishi masalalari o‘rganiladi.
  • 1945-2005 Yillar Germaniya: Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, GFR va GDRning tashkil topishi, Berlin inqirozi, ikki davlatning birlashuvi va G.Kol davri o‘z ichiga oladi.
  • IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI DAVRDA AQSH: AQSHning urushdan keyingi iqtisodiyoti, G.Trumen va D.Marshall siyosati, B.Klintonning islohotlari, Karib inqirozi, Vyetnam urushi, tashqi siyosatdagi o‘zgarishlar, O‘zbekiston bilan munosabatlari o‘rganiladi.
  • 1945-2005 YILLARDA FRANSIYA: Ikkinchi jahon urushidan keyingi Fransiyaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, To‘rtinchi va Beshinchi respublikalar davri, de Goll siyosati, Jazoirdagi urush masalalari yoritiladi.
  • BUYUK BRITANIYA 1945-2005 YILLARDA: Urushdan keyin Britaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, hokimiyat tepasiga kelgan konservativlar va leyboristlar partiyalarining faoliyati, Yevropa va jahon siyosatidagi o‘rni o‘rganiladi.
  • ITALIYA 1945-2005 YILLARDA: Urushdan keyin Italiyada respublika tuzumiga o'tish, so‘l markaz siyosati, siyosiy ekstremizm, iqtisodiy taraqqiyot va Italiya O‘zbekiston munosabatlari o‘rganiladi.
  • SSJI urushdan keyingi davrda: Ikkinchi jahon urushidan keyin Ittifoqning tuzilishi, iqtisodiy rivojlanishi, Stalinizm, Gorbachevning siyosati va parchalanishi o‘rganiladi.
  • Xitoy XX asr ikkinchi yarmida: XXR ilk qadamlari, “katta sakrash” siyosati, iqtisodiy va siyosiy islohotlar, Deng Syaopin davri va Xitoy O‘zbekiston munosabatlari o‘rganiladi.
  • Yaponiya XX asr ikkinchi yarmida: Yaponiyaning urushdan keyingi taraqqiyoti, siyosiy islohotlar, Konstitutsiyaning qabul qilinishi, iqtisodiy yuksalish, munosabatlari, qo'shni davlatlar bilan munosabatlari, Yaponiya va O'zbekiston munosabatlari o‘rganiladi.
  • Hindiston XX asr ikkinchi yarmida: Hindiston mustaqillikka erishgandan so'ng, ikkiga bo'linishi, dinlar o'rtasidagi to'qnashuvlar, tashqi va ichki siyosati, iqtisodiy taraqqiyoti va hindiston-o'zbekiston munosabatlari o‘rganiladi.
  • Eron XX asr ikkinchi yarmida.: Eronda shoh Muhammad Rizo Pahlaviy va Xumayni boshchiligidagi inqilob, qo'shni davlatlar bilan munosabatlari, Eron-Iroq urushi hamda Eron - O'zbekiston munosabatlari o‘rganiladi.
  • Arab mamlakatlari XX asr ikkinchi yarmida.: Arab-Isroil urushlari va arab dunyosining birlashish harakatlari hamda neft soxasida Arabiston neft kompaniyasi neft yetkazib berishlar bilan O`zbekistonga yordam ko`rsatilishi o'rganiladi.