Амарант ўсимлигини ўстириш технологиясини ўрганиш

Maqolada amarant o'simligini yetishtirish texnologiyasi o'rganilgan. Amarant bargida oqsil modda, karotin va vitaminlar ko'p bo'lishi, moyi tibbiyotda me'da va ichak yaralarini davolashda ishlatilishi hisobga olinib, uni o'stirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Tajribalar Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkent agrar universitetining tajriba maydonlarida o'tkazilgan. O'simlikning o'sishi, rivojlanishi, tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliy elementlari analiz qilingan. Amarantni aprel-may oylarida, tuproqning harorati 10-12 gradusga yetganda ekish tavsiya etiladi. Ekishdan oldin yer yumshatilib, begona o'tlardan tozalanadi. Dastlabki 2-3 haftada mayasalarni begona o'tlardan tozalash va qator oralarini yumshatishga e'tibor qaratiladi. O'simliklar bo'yi 10-15 sm ga yetganda qator oralarini ishlash bilan birga rivojlanishini tezlashtirish uchun gektar hisobiga 40 kg azot va 20 kg kaliy o'g'iti beriladi. Keyin 30-35 sm ga yetganda gektariga 30 kg azotli va fosforli o'g'itlar bilan oziqlantiriladi. Mavsum davomida amarant 6-7 marta sug'oriladi va gektariga 95-105 kg azot, 70 kg fosfor, 50 kg kaliy o'g'iti bilan oziqlantiriladi.

Asosiy mavzular

  • Amarant o'simligini yetishtirish texnologiyasi: Amarantni ekish va parvarish qilish, tuproqqa ishlov berish, o'g'itlash va sug'orish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Ekin maydonini tayyorlash, urug'larni ekish muddati va usuli, o'simliklarni oziqlantirish va sug'orish tartibi batafsil yoritilgan.
  • Tuproq tahlili va o'g'itlar: Tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliy elementlarini analiz qilish usullari, shuningdek, amarant o'simligining o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan mineral o'g'itlar miqdori ko'rsatilgan. Mineral o'g'itlardan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan.