Elektrostatika, o‛zgarmas tok, o‛zgaruvchan tok, magnetizm

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan тасdiqlangan bo'lib, texnika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma elektrostatika, o'zgarmas va o'zgaruvchan toklar, magnit maydon kabi fizika kursining muhim bo'limlariga oid laboratoriya ishlarini o'z ichiga oladi. Har bir laboratoriya ishi uchun nazariy ma'lumotlar berilgan. Qo'llanma talabalarning fizika bo'yicha bilimlarini mustahkamlashga va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Galvanometr bilan ishlash: Galvanometrning tok kuchi va kuchlanish boʻyicha boʻlim qiymatlarini aniqlash, asbob bilan ishlash usullari.
  • Elektrostatika: Elektrostatik maydonning xususiyatlari, zaryadlar ta'siri, Kulon qonuni, potensial va kuchlanganlik.
  • Kondensatorlar: Kondensator sig'imini Uitson ko'prigi yordamida o'lchash, ketma-ket va parallel ulash usullari.
  • O'zgarmas tok zanjirlari: Galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchini kompensatsiya usuli bilan o'lchash, Om qonuni.
  • Elektr lampalar: Cho'g'lanma lampochkalarning qarshiligi va quvvatini aniqlash, termoelektron emissiya.
  • O'tkazgichlar: O'tkazgichning qarshiligini o'zgarmas tok ko'prigi yordamida aniqlash.
  • Magnit maydon: Yerning magnit maydoni induksiyasining gorizontal tashkil etuvchisini tangens-bussol yordamida aniqlash.
  • Elektron: Elektronning solishtirma zaryadini magnetron usuli yordamida aniqlash, Lorens kuchi.