“Валеология асослари” фанидан

Ushbu kitob "Valeologiya asoslari" fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, institutning barcha yo'nalishida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Matnda sog'lom turmush tarzi, inson salomatligi, ekologik muammolar, irsiy va yuqumli kasalliklar, ularning oldini olish masalalari yoritilgan. Shuningdek, kitobda valyologiyaning asosiy tushunchalari, vazifalari, tadqiqot uslublari hamda boshqa fanlar bilan aloqasi ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Valeologiya fanining rivojlanishi, salomatlik va sog'lom hayot tarzi: Valeologiyaning asosiy tushunchalari, predmeti, boshqa fanlar bilan aloqasi, vazifalari, tadqiqot uslublari va salomatlikning sog'lom turmush tarzi bilan bog'liqligi.
  • Odam organizmining anatomiyasi va fiziologiyasi, ularda uchraydigan kasalliklar: O'zbekiston Respublikasi aholisi salomatligining omillari, individual profilaktika, talabalarning valeologiya konsepsiyasi va kurs tuzilishi.
  • Harakat, tayanch, nafas va yurak-qon tomir tizimini tekshirish usullari: Qaddi-qomatni baholash, antropometriya usullari, nafas a'zolarini tekshirish, yurak-qon tomir tizimini tekshirish.
  • Insonning psixologik va tibbiy madaniyatini oshirish: Sog'lomlashtirish mashqlari, bo'sh vaqtdan to'g'ri foydalanish, milliy harakat o'yinlari va sport o'yinlari, sog'lomlashtiruvchi suzish va suv o'yinlari, mashqlar kompleksi, kross va estafetalar.
  • Irsiyat va irsiy kasalliklar. Zararli odatlar: Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, qarindoshchilik nikohi oqibatlari, zararli odatlar va yuqumli kasalliklar.
  • SPID (OITS). Sog'lom oila qurish. OITS bilan zararlanish yo'llari: Immunitet, OITSning yuqish yo'llari, oldini olish va sog'lom oila qurish asoslari.
  • Muskul faoliyatini oshirish natijasida odamning ish qobiliyatini tiklanishi: ish qobiliyati, to'laqonlilik va uyqu uchun tavsiyalar, qanday mahsulotlarni iste'mol qilish.
  • Yoshni hisobga olgan holda jismoniy yuklamalarni yuklash: Jismoniy yuklamalarni dozalash, talabalarni jismoniy tarbiya qilishda yuklamalarni me'yorlash, quruq issiq sharoitda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishning o'ziga xos hususiyatlari.
  • Yod tanqisligidan kelib chiqadigan kasalliklar: Organizmda Yodning orni, organizmdagi kimyoviy moddalar, qalqonsimon bez faoliyati, Yodli preparatlar, Ongli ovqatlanish sistemasi