Gaz ta’minoti tizimlari

Kitob Oʻzbekiston Respublikasida gaz ta’minotini rivojlantirish, aholini gaz bilan ta’minlashning ahamiyati, gaz ta’minoti tizimlarining tuzilishi, ularning asosiy elementlari, gaz quvurlari, gaz bosimini rostlash punktlari (GRP), gaz oʻlchash uskunalarini oʻrganishga bag’ishlangan. Kommunal-maishiy iste’molchilar uchun gaz yoqilg’isining standart talablari boʻyicha tarkibi va sifati, gazlardagi zaharli moddalar, gazlarning normal va standart holatlari, gazga qoʻyiladigan talablar, gazlarning turlari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Shahar va turar joylarning gaz ta'minoti tizimlari: Gaz yoqilgʻisining tarkibi, zaharli moddalar, gazning normal va standart holatlari, gazga qoʻyiladigan talablar, gaz turlari, gaz quvurlari tasnifi, gaz tizimlarining turlari, aholi punktlari rejasi va gaz tarmoqlarini o'tkazish usullari
  • Gaz bosimini rostlovchi punktlar (GRP): Gaz bosimini sozlash punktlari, bosim sozlagichlar, saqlash-berkitish klapanlari (PZK), gaz suzgichlari va gaz sarfini o'lchash