Ma’muriy mеnеjmеnt

Kitob "Ma'muriy menejment" ma'muriy menejmentning nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Unda ma'muriy islohotlar, davlat boshqaruvi tizimi, nodavlat tuzilmalar, qonunchilik hokimiyati faoliyati kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitob talabalar, menejerlar va iqtisodchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Makroma'muriy tizim menejmenti va nodavlat tuzilmalar: Ushbu mavzuda makroiqtisodiy tartibga solish tizimida byudjetlararo o'zaro munosabatlarni roli, ma'muriy islohotning maqsadi, davlat hokimiyati markaziy organlarining vazifalarini o'zgartirish va qisqartirish, elektron hukumatni joriy qilish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, nodavlat tuzilmalar, fuqarolar yig'ini raisi va uning maslahatchilari saylovini o'tkazish jarayoni ko'rib chiqiladi.
  • Davlat hokimiyati, davlat boshqaruv va xo'jalik boshqaruv organlarining tizimi faoliyati: Bu mavzu vertikal markazsizlashtirish va davlat hokimiyatining mahalliy organlari salohiyatini mustahkamlash, joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini tahlili, vertikal ma'muriy tuzilmalar va uni gorizontal tarmog'ini mustaqil tuzilmalarni shartnomaviy boshqaruviga yoki tartibga solishiga almashtirish jarayoni, davlat va xo'jalik boshqaruv organlarining tuzilmalarga birlashtirilishi va qisqartirilishi, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni boshqarish, ma'muriy hududlarni iqtisodiy imkoniyatlarini baholashning bozor tomoyillari statistikada aks ettirish masalalari yoritilgan.
  • Ma'muriy personal menejmenti: Mavzuda zamonaviy mutaxassisning professional ahamiyatli belgisi sifatida boshqarishga qobiliyati va qabul qilinadigan qarorlarning jinsga, yoshga va maʼlumotga ta'siri, yuqori turuvchi rahbar mas'ulligi, xodimlarni boshqarishda o'z-o'zini baholash va muzokaralar samarasini oshirishning uslublari, boshqaruv xodimlari sonini tartibga solish va ularga sarflanadigan harajatlarni maqbullashtirish chora-tadbirlari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko'rsatuvchi va texnik xodimlarining lavozimlari ro'yxati va ushbu xodimlar soni nisbatining me'yorlarini belgilash qo'llanmasi ko'rib chiqiladi.
  • Qonunchilik hokimiyati faoliyati: Bu mavzuda Oliy majlisni yuqori palatasi: Senatning faoliyati, Oliy majlisni quyi palatasi: Qonunchilik palatasini faoliyati, prokuratura organlari faoliyati, soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati, Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg'armasi, uning shakllantirish manbalalari va boshqaruvi masalalari yoritilgan.