O'zbek adabiyoti tarixi

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbek adabiyoti tarixi fanidan maruzalar matnidir. Unda Oʻzbek adabiyotining rivojlanish bosqichlari, oʻtmishda adabiyotning oʻrganilishi, adabiyotshunoslik fanining taraqqiyotiga zamin yaratgan omillar, Inqilobdan keyingi yillarda oʻzbek adabiyotini oʻrganish, tasavvuf, soʻfizm, tasavvuf tarixi va Ahmad Yassaviyning bu boradagi qarashlari, Haydar Xorazmiy va uning adabiy merosi, Mavlono Lutfiy va Alisher Navoiy asarlari, Boborahim Mashrab, Shermuhammad Munis, Jahon otin Uvaysiy, Ogahiy hayoti va ijodiy faoliyati kabi masalalar oʻrin olgan.

Asosiy mavzular

  • Oʻzbek adabiyotining taraqqiyot bosqichlari: Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas boʻlagi ekanligi, adabiyotning jamiyat bazisiga aktiv taʼsiri, sanʼat va adabiyotning jamiyat taraqqiyotidan ilgari ketishi yoki qolishi mumkinligi, Oʻzbek adabiyoti tarixini davrlashtirish prinsiplari va bosqichlari keltirilgan.
  • Oʻtmishda oʻzbek adabiyotining oʻrganilishi: Oktyabrgacha boʻlgan davrda adabiyot tarixini oʻrganishga toʻsqinlik qilgan omillar, adabiyotshunoslik fanining taraqqiyotiga zamin yaratgan omillar, sharqshunoslarning notoʻgʻri talqinlari va kompopolitik qarashlari haqida maʼlumotlar berilgan.
  • Inqilobdan keyingi yillarda oʻzbek adabiyotini oʻrganish: Oʻzbek xalqining madaniy boyliklari umumjahon madaniyati xazinalariga qoʻshilishi, badiiy adabiyotni ilmiy asosda tekshirish imkoniyati, Navoiyning 500 yillik yubileyi, oʻrta va oliy oʻquv yurtlari programmalarida adabiyot masalalari, ilmiy muassasalarning adabiyotni oʻrganishdagi roli ochib berilgan.
  • Soʻfizm va Ahmad Yassaviy: Tasavvufning mohiyati, Qurʼon oyatlari asosida yuzaga kelishi, inson uchun ibrat namunalari, Tangrini shaxs sifatida tushunish, turkiy tasavvuf adabiyotida Oliy ruh maʼnosi, fors adabiyotining taʼsiri, "yor" soʻzi-obrazi mumtoz adabiyotimizda, turkiy adabiyotda Oliy ruh va inson ruhi maʼnolari haqida fikrlar yuritilgan.
  • Ahmad Yassaviy asarlarining tili: Yassaviy ijodida buzib notoʻgʻri talqin qilingan jihatlar, davr tadqiqotchilarining qarashlari, Yassaviy tilining asl yodgorligi boʻla olmasligi, eski turkiy adabiy tilning namunasi sifatidagi qadri, Mahmud Qoshqariyning asaridagi soʻzlar bilan oʻxshashligi, Yassaviy asarlarida Seyramliklarga xos ogʻzaki nutq, turkiy qavm vakili boʻlganligi, xalqiga "Qoʻrʼon" oyatlarini soʻzlab berishi, turkiy xalqlar madaniyati va Islom dinini yoyishda xizmat qilgani bayon etilgan.
  • Haydar Xorazmiy ijodi adabiyotshunoslar talqinida: Haydar Xorazmiy ijodiga Davlatshoh Samarqandiy, Alisher Navoiy, Bobur, Komron Mirzo, Sayyid Qosimiy bergan baholar, Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asariga yozilgan taqrizlar, H. Xorazmiyning falsafiy-taʼlimiy asarlari xususida maʼlumot berilgan.
  • Mavlono Lutfiy: Lutfiyning hayoti, ilmiy merosi, sheʼriyatidagi yetakchi lirik obrazlar, ijodining oʻziga xosligi, Mavlono sheʼriyati haqida malumot, lirik xarakterdagi asarlar tavsifi yoritilgan.
  • Boborahim Mashrab: Mashrab tarjimai holi, hayoti va ijodi, adabiy merosi, sheʼriyatining tematikasi, gʻoyalari, ijodi va tasavvufi yoritilgan.
  • Shermuhammad Munis: Shermuhammad Munisning tarjimai holi, ijodining oʻrganilishi, lirik shoir sifatidagi mahorati, "Munis-ul ushshoq" devonida insoniy - axloqiy mavzular yoritilishi, asarlarida mehr-muhabbat, insoniylik, doʻstlik tuygʻularining tarannum etilishi haqida maʼlumotlar berilgan.
  • Jahon Otin Uvaysiy: Jahon Otin Uvaysiyning hayoti, adabiy merosi, lirik mahorati, oʻzbek mumtoz sheʼriyati tarixida tutgan oʻrni haqida hikoya qilingan. Gʻazallari va dostonlari tahlil etilgan.
  • Ogahiy hayoti va ijodiy faoliyati: Ogahiyning adabiy-ilmiy faoliyati,tarjimai holiga maʼlumotlar, falsafiy qarashlar ifodasi, Oʻzbek mumtoz adabiyotida tutgan oʻrni, asarlari tahlili, ilmiy maktab yaratgani va hayotiga oid malumotlar berilgan.
  • Muqumiyning hayoti va ijodi: Muqumiyning yashagan davri, tarixiy sharoit, adabiy muhit, ijodining ommalashishi tarixi, ijodiy faoliyatining muhim bosqichlari, adabiy merosi, o'zbek adabiyotida tutgan o'rni haqida fikrlar yuritiladi.
  • Furqatning hayoti va ijodi: Furqatning tarjimai holi, ijodiy faoliyatining muhim bosqichlari, ilmiy adabiy merosi va oʻrganilishi, oʻzbek adabiyoti tarixida tutgan oʻrni, yozgan asarlari va u haqidagi fikrlar berilgan.