Гидрогеологик тадқиқотлар
Ushbu kitob gidrogeologik tadqiqotlar fanidan kurs loyihasini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalardan iborat. U O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida foydalanish uchun mo'ljallangan. Qo'llanma 5440800 - Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari (qazilma turlari bo'yicha: «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi») yo'nalishi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kurs loyihasini bajarishdan maqsad: Talabalarning gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi, meliorativ gidrogeologiya, yer osti suvlari dinamikasi, gidrogeokimyo fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlab, mustaqil ravishda birorta loyiha ishini bajarishlarini o'rgatadi. Kurs loyihasini O'zR xalq xo'jaligining qay ma'molarini hal qilishga yo'naltirilgani, nima ishlar qilingani va qilinishi kerakligi, talabaning ishtiroki ko'rsatiladi.
- Umumiy qism: Ish rayoni haqida umumiy ma'lumotlar, rayonning iqtisodiyoti va joylashgan o'rni, rayonning fizik-geografik sharoiti, rayonning zamonaviy geologo-gidrogeologik o'rganilganligi to'g'risida qisqacha ma'lumot, rayonning geomorfologik tuzilishi, rayonning geologik tuzilishi, rayonning gidrogeologik sharoiti.
- Maxsus qism: Maxsus topshiriq gidrogeologik sharoitning ba'zi nozik tomonlarini ochish maqsadida maxsus gidrogeologik izlanishlar mavzularidan iborat. Talaba ana shu mavzudan birini yoritib, mavzuga tegishli izlanish ishlarida olib boriladigan ishlarga tushuncha beradi.
- Metodik qism: Gidrogeologik съемка ishlari va masshtab tanlash, gidrogeologik karta turlari va mazmuni, gidrogeologik ishlarda разведка ishlari (burğilash), gidrogeologik izlanishda dala tajriba ishlari va maqsadi, gidrogeologik izlanishda geofizik usullarning qo'llanilishi va maqsadi, gidrogeologik parametrlarni aniqlash usullari, gidrogeologik izlanishda yer osti suvining rejimini o'rganish maqsadi va vazifalari, gidrogeologik izlanishda laboratoriya aniqlash usullari, bajarilgan gidrogeologik izlanish ishlari asosida kamera ishlari, gidrogeologik izlanishlarda ishlatiladigan texnik vosita va asbob-anjomlar.