Geologiya va geomorfologiya asoslari
Ushbu kitob geologiya va geomorfologiya asoslariga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan. Kitobda geologiya va geomorfologiyaning asosiy tushunchalari, Yerning tuzilishi, geologik jarayonlar, relef shakllari va ularning genezisi, shuningdek, geomorfologik tadqiqot usullari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob talabalarning bilimlarini boyitishga va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Geomorfologiya fani: Geomorfologiyaning o'rganish ob'ekti, vazifasi, tarmoqlari va tadqiqot usullari. Geomorfologiyaning mazmuni, uning amaliy ahamiyati, boshqa fanlar bilan aloqasi. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari, geomorfologiya fani tarixi va taraqqiyotiga hissa qo'shgan olimlar haqida ma'lumotlar.
- Yerning koinotdagi o'rni: Yerning koinotdagi o'rni, Quyosh sistemasining paydo bo'lishi, Yerning ichki tuzilishi va geosferalari. Quyosh sistemasining tuzilishi, sayyoralar va ularning xususiyatlari. Yerning geologik tuzilishi, mantiyasi va yadrosi.
- Relef to'g'risida umumiy ma'lumot: Relef shakllari va elementlari, morfometriyasi va morfografiyasi hamda yoshi bilan tanishish. Relef shakllari va elementlari, relef shakllari tasnifi, relef gipsometriyasi, relfning sifatiy xususiyatlari, relefning mutloq va nisbiy yoshi to'g'risida maʼlumot berish.
- Kartalarda relefni tasvirlash usullari: Topografik kartalarda relefni gorizontallar bilan tasvirlash, gorizontallarni balandlik hisobida oʻrganish, gorizontallarning shakliga qarab tog'ni soylikdan farq qilish va h.k.
- Relef hosil qiluvchi omillar: Relef hosil boʻlishida endogen va ekzogen jarayonlarga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi geologo-geografik omillar bilan tanishish, relef hosil boʻlishida bavosita qatnashuvchi er poʻstini tashkil qiluvchi tog' jinslari, turli geologik eralardagi tektonik harakatlar natijasida yaratilgan geologik strukturalar va iqlimiy sharoit toʻg'risida ma'lumotlar berish.
- Geoxronologiya shkalasi va Yerning yoshini aniqlash: Yer tarixida tog` hosil bo`lishning asosiy bosqich (davr)lari. Planetamizning hozirgi qiyofasi Yer po`stining uzoq vaqt davom etgan evolyutsion taraqqiyoti tarixi natijasida vujudga kelgan.
- Minerallar va tog' jinslari. Ularning fizik tasnifi: Tog' jinslarining xususiyatlari va ularning relef hosil boʻlishidagi roli. Yer poʻsti turli genezisli, kimyoviy va minerologik tarkibi har-xil boʻlgan tog' jinslaridan tuzilgan.
- Endogen jarayonlar. Tektonik va neotektonik xarakatlar: Yerning xilma xil ichki energiyasi bilan bog'langan vertikal va gorizontal tektonik harakatlar, ya'ni er poʻsti tuzilishini oʻzgartirib yuboradigan siljishlarda namoyon boʻladi.
- Magmatizm, metamorfizm va zilzila. Ularning relef xosil bo'lishidagi o'rni: Magmatizm relef hosil boʻlishida muhim va xilma-xil rolni bajaradi. Bu intruziv hamda effuziv vulkanizm uchun ham tegishlidir.
- Yer po'stining rivojlanish qonuniyatlari. Planetar relef shakllari: Endogen jarayonlar ta'sirida hosil boʻlgan Yer yuzasining planetar shakllari bilan tanishish, er po'stining materik va okeanik tiplari, ularning tuzilishi hamda har bir er poʻsti tipiga mos keluvchi yirik relef shakllari, xususiyatlari to'g'risida ma'lumot berish.
- Ekzogen jarayonlar. Nurash va relef. Shamolning geologik ishi: Ekzogen jarayonlar va ularning ishi natijasida hosil bo'lgan morfoskulptura relefi shakllari bilan tanishish, ekzogen jarayonlar va ularning energiya manbalari, ekzogen agentlar va ularning ishi natijasida vujudga kelgan morfoskulptura relef shakllari, ularning xususiyatlari, tarqalishi hamda inson xoʻjalik faoliyatiga ta'sirini yoritishdir.
- Yonbag'irlar va relef: YOnbag'irlar, yonbag'ir jarayonlari va yonbag'irlar relefi. Relef hosil qiluvchi omillar bilan tanishish va ularning natijasida hosil bo'ladigan shakllarni ko'rib chiqish.
- Oqar suvlarning geologik ishi. Flyuvial relef shakllari: Doimiy va vaqtincha oqar suvlarning ishi natijasida hosil boʻlgan flyuvial relef shakllari bilan tanishish, oqar suvlarning turlari va ular ishlarining umumiy qonuniyatlari.
- Karst xodisasi va karst relefi: Karst hodisasi va ularning ta'sirida vujudga kelgan karst relefi shakllari bilan tanishish, karst hodisasining hosil boʻlish sharoiti, uning rivojlanishi.
- Glyatsial jarayonlar va muzloq relef shakllari: Glyatsial jarayonlar va ularning ta'sirida vujudga kelgan relef shakllari bilan tanishish, muzlik turlari va ularning hosil boʻlishi, tarqalishi.
- Qirg'oqlar relefi: dengiz va okean suvlari ta'sirida vujudga kelgan qirg'oq rel'ef shakllari bilan tanishish, dengiz va okean suvlarining abrazion va akummulyativ ishlari natijasida qirg'oqlarda shakllangan rel'ef shakllari.
- Arid o'lkalar relefi: Arid oʻlkalarning tabiiy sharoiti va bu sharoitda hosil boʻladigan va rivojlanadigan relef shakllari bilan tanishish, er sharidagi yirik cho'llar va ularning tiplari.
- Tarixiy geologiya va Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari: Yerning qattiq qobig`ining paydo bo`lishi. Yer po`stining paydo bo`lishidan tortib to hozirgi davrgacha bo`lgan taraqqiyot masalalari bilan tarixiy geologiya fani shug`ullanadi.