Moliya va soliqlar

Ushbu kitob "Moliya va soliqlar" fanini o'rganishda talabalarga, tadqiqotchilarga va mutaxassislarga yordam berishga qaratilgan ma'ruzalar kursidir.

Asosiy mavzular

  • MOLIYA VA SOLIQLAR: Ushbu ma'ruzalar kursida moliya tizimi, davlat, korxona, uy xo'jaligi, xalqaro moliya tizimlari, sug'urta bozori, soliq siyosati masalalari yoritilgan.
  • MAMLAKATNING MOLIYA TIZIMI: MOHIYATI VA MAZMUNI: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari, moliya tizimi bo'g'inlarining tavsifi, moliyaviy resurslar va ularning shakllanish manbalari.
  • DAVLAT VA MAHALLIY MOLIYA: Byudjet va byudjet tizimi, byudjet jarayoni, byudjetlararo munosabatlar, O'zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g'azna ijrosi, davlat krediti, davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg'armalari.
  • KORXONALAR MOLIYASI: Korxona moliyasini tashkil etish, korxonaning moliyaviy kapitali, korxonada moliyaviy faoliyat.
  • SUG'URTA TASHKILOTLARI MOLIYASI: Sug'urta tushunchasining mazmuni, uning o'ziga xos xususiyatlari va funksiyalari, sug'urta atamalari va sug'urtaning guruhlanishi, sug'urta bozori va uning tarkibiy tuzilishi, O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan sug'urta tashkilotlari, sug'urta faoliyatining moliyaviy asoslari.
  • UY XO'JALIGI MOLIYASI: Uy xo'jaligi moliyasining mohiyati va funksiyalari, uy xo'jaligining moliyaviy resurslari, uy xo'jaligi byudjeti.
  • XALQARO MOLIYA: Xalqaro moliya: mazmuni va tashkiliy tamoyillari, global moliyaviy tashkilotlar va ularning funksiyalari, mintaqaviy xalqaro moliyaviy tashkilotlar.
  • SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ SIYOSATI: Soliq tizimi va uning tarkibi, soliqlarning guruhlanishi, soliq siyosati, uning asosiy yo'nalishlari, soliq siyosatining makroiqtisodiy samarasi.
  • YURIDIK SHAXSLAR TO'LAYDIGAN SOLIQLAR VA YIG'IMLAR: Yuridik shaxslar to'laydigan soliqlar va yig'imlar, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi, qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq.
  • JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH TARTIBI: Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig'i, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg'isi va gaz iste'moli uchun soliq, mahalliy yig'im.