Дастурлаш технологиялари

Ushbu kitob dasturlash texnologiyalari va algoritmlarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, talabalarga amaliy mashg'ulotlar va laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko'rsatmalar beradi. Kitobda dasturiy ta'minotni yaratish bosqichlari, ma'lumotlar tuzilmalari, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash (OYD) asoslari, modulli dasturlash va dasturlarni sozlash usullari ko'rib chiqiladi. Nazariy ma'lumotlar amaliy misollar bilan mustahkamlanadi.

Asosiy mavzular

  • Dasturiy ta'minotni yaratish bosqichlari: Texnik topshiriqni yaratish, hayotiy siklni aniqlash, funktsional sxemani ishlab chiqish, arxitektura yaratish, ishonchli dastur yaratish, xatolarni aniqlash va tuzatish.
  • Dasturlashni loyihalash: Masalani tizimli tahlil qilish, dasturiy ta'minot yaratish bosqichlarini aniqlash, algoritmlarni ishlab chiqish.
  • Dasturlash tillari yordamida dastur yaratish: Dastur xatolarini baholash va tuzatish, olingan natijalarni tahlil qilish, protseduralar va funktsiyalardan foydalanish.
  • Modulli dasturlash: Modullarni yaratish, dasurga ulash, modulli dasturni yaratish.
  • Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash (OYD): Sinflar, obyektlar, inkapsulyatsiya, vorislik va polimorfizm tushunchalari.