Molekulyar fizika. Termodinamika

Ushbu kitob Oʻzbekiston Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi tomonidan nashr etilgan boʻlib, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti talabalari uchun moʻljallangan “Fizika” fanidan amaliy mashgʻulotlar uchun masalalar toʻplami va uslubiy koʻrsatmalarning 4-qismi hisoblanadi. Qoʻllanma “Molekulyar fizika va termodinamika” boʻlimiga oid masalalarni oʻz ichiga olgan.

Asosiy mavzular

  • Ideal gaz qonunlari va termodinamikaning 1-qonuni: Ideal gaz tushunchasi, ideal gaz holat tenglamasi, izoprotsesslar, Dalton qonuni, adiabatik jarayon, termodinamikaning birinchi qonuni, solishtirma va molyar issiqlik sigʻimlari, erkinlik darajasi, turli izoprotsesslarda ishning aniqlanishi, ideal gazning ichki energiyasi.
  • Ko'chish hodisalari. Termodinamikaning ikkinchi qonuni: Molekulalarning effektiv diametri, erkin yugurish yo'li uzunligi, to'qnashuvlar soni, ko'chish hodisalari (diffuziya, issiqlik o'tkazuvchanlik, ichki ishqalanish), aylanma jarayonlar (sikllar), issiqlik mashinalari, Karno sikli, termodinamikaning ikkinchi qonuni, entropiya.
  • Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi. Statistik taqsimot: Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi, issiqlik hodisalarining statistik usuli, termodinamik ehtimollik, taqsimot funksiyalari, Maksvell taqsimoti, Bolsman taqsimoti, barometrik formula.