Bioanorganik va bioorganik kimyo
Kitob bioorganik kimyo fanining amaliy mashg'ulotlariga bag'ishlangan bo'lib, unda talabalar xalqaro SI sistemasida eritma konsentratsiyasini ifodalash usullari, kislota-asosli titrlash, oksidlanish-qaytarilish usuli bilan titrlash, eritmalar kolligativ xossalari, kislota-asosli muvozanat, kompleks birikmalar, kompleksonometrik titrlash usuli, biogen elementlar kimyosi, noorganogen elementlar, reaksiyalar kinetikasi, termodinamika asoslari, organik birikmalarning sinflanishi va nomlanishi, fazoviy tuzilishi, tutash sistemalar, aromatiklik, kislotali va asosli xossalari, uglevodorodlarning reaksion qobiliyati, biologik muhim karbon birikmalar, yog'lar va lipidlar kabi mavzularni o'rganadilar. Har bir amaliy mashg'ulot laboratoriya ishi bilan yakunlanadi.
Asosiy mavzular
- Eritma konsentratsiyasini ifodalash usullari: Xalqaro SI sistemasida eritma konsentratsiyasini ifodalash usullarini o'rganish. Eritma, erigan moda, erituvchi, to'yingan va to'yinmagan eritmalar, konsentratsiyalar va ularni SI sistemasida ifodalash usullari ko'rib chiqiladi.
- Kislota-asosli titrlash usuli: Kislota-asos reaksiyalarining borish qonunlarini bilgan holda biologik ob'ekt va dorivor preparatlarda kislotalar va gidrolizlanganda kislotali muhit hosil qiluvchi tuzlarni miqdorini aniqlash.
- Oksidlanish-qaytarilish usuli bilan titrlash: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining borish qonuniyatlarini bilgan holda biologik obektlar va dorivor preparatlarda asoslar va gidrolizlanganda ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuzlarni miqdorini aniqlash.
- Eritmalarning kolligativ xossalari: Eritmalarning kolligativ xossalari, osmotik bosimi haqida ma'lumotga ega bo'lib, biologik suyuqliklar va dorivor preparatlar eritmalarining osmotik bosimini miqdorini hisoblash.
- Kompleks birikmalar: Kompleks birikmalar hosil bo'lishi, tuzilishi, sinflanishi, muvozanat va beqarorlik konstantasi, ularning tibbiyotdagi ahamiyati.
- Biogen elementlar kimyosi: Biogen elementlar kimyosi, biologik muhim s-elementlar, d elementlar, p elementlar, kimyoviy xossalari va sifat analiz asoslari.
- Uglevodlar. Monosaxaridlar: Monosaxaridlarning organizmdagi metabolitik jarayonlarini tushunish, polisaxaridlarning struktura tuzilishi, tautomer shakllari va muhim hossalari haqida sistemali bilimga ega bo'lish.