Mumtoz arab adabiyoti

Ushbu kitob O'zbekiston oliy o'quv yurtlarida arab adabiyoti bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan darslikdir. Unda mumtoz arab adabiyotining tarixi, rivojlanish bosqichlari, janrlari va yirik vakillari hayoti va ijodi keng yoritilgan. Darslikda johiliyat davridan to XVIII asrgacha boʻlgan arab adabiyoti, Qur’on va hadislar, sufiylik she'riyati, xalq romanlari kabi mavzularga alohida eʼtibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Qadimgi arab adabiyoti (V-VII asrlar): Bu bobda johiliyat davri sheʼriyati, badaviy shoirlar ijodi, saroy she’riyati kabi masalalar koʻriladi. Ayni davrda yaratilgan “al-Muallaqot” asarlari va ularning mualliflari haqida maʼlumot beriladi.
  • Qur'onu Karim va ahodisi nabaviya: Ushbu bobda Qur'oni Karimning arab adabiyotiga taʼsiri, hadis ilmi, muhaddislar, Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziyning hadis to'plamlari haqida so'z yuritiladi. Ilk islom shoirlari ijodi ham shu bobda o'rganiladi.
  • Oʻrta asr arab adabiyoti (VII asr oxiri – XVIII asr): Bobda ilk oʻrta asr adabiyoti, umaviy saroy shoirlari, hijozning muhabbat sheʼriyati va ilk oʻrta asr arab nasri kabi mavzular qamrab olingan.
  • Arab mumtoz adabiyotining gullab-yashnagan davri (VIII asr o'rtalari – XII asr): Ushbu bobda yangilanish davri adabiyoti, uning she’riyati va nasri, qadimiyatga qaytish davri masalalari o'rganiladi. Abu Tammom va al-Buxturiy ijodi tahlil etiladi.
  • Kech oʻrta asr arab adabiyoti (XIII-XVIII asrlar): Bu bobda kech o'rta asr she'riyati, sufiylik she'riyati, kech o'rta asr nasri, “Ming bir kecha” va xalq romanlari kabi mavzular yoritilgan.
  • VIII–XV asrlardagi arab-ispan (Andaluziya) adabiyoti: Ushbu bob Andaluziya adabiyoti, taqlid davri adabiyoti va yangilanish davri adabiyotini o'z ichiga oladi.