Агрономия асослари ва озуқа етиштириш

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Agronomiya asoslari va oziqa yetishtirish" fanining amaliy mashg'ulotlariga mo'ljallangan. Qo'llanmada tuproqshunoslik, begona o'tlar, o'g'itlar, donli ekinlar, yem-xashak ekinlari, poliz ekinlari va ularning hosildorligini aniqlash kabi mavzular yoritilgan. Unda har bir mavzu bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish tartibi, kerakli jihozlar, ishning mazmuni va topshiriqlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • O'zbekiston tuproqlari haqida umumiy ma'lumotlar: Tuproq tiplari, xossalari, strukturasi, solishtirma va hajm og'irligini, mexanik tarkibini, fizik loy va fizik qum miqdorini aniqlash.
  • Begona o'tlar, ularning guruhlanishi, zarari va qarshi kurash choralari: Begona o't turlari, ularning qishloq xo'jaligiga keltiradigan zarari, aniqlash, farqlay bilish, dalalarning ifloslanish darajasini aniqlash.
  • Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan o'g'itlar: O'g'it turlari bilan tanishtirish, tarkibidagi ta'sir etuvchi moddani hisoblash, tuproq tarkibidagi oziq modda zahirasini balans usulida hisoblash.
  • Donli ekinlarning umumiy tavsifi: Donli ekinlar, ularning tuzilishi, bir-biridan farqlari, donning sifat ko'rsatkichlarini baholash.
  • Donli yem-xashak ekinlari: Donli yem-xashak ekinlarining botanik ta'rifi, morfologik belgilari hamda biologik xususiyatlari.
  • Bug'doy: Bug'doy turlari, farqlari, morfologik, biologik xususiyatlari, ahamiyati, biokimyoviy tarkibi, ozuqaviylik qimmatini.
  • Arpa: Arpaning keng tarqalgan turlari, ozuqa birliklarini o'rganish va hisoblash, tur xillarini aniqlash.
  • Javdar: Javdarning ahamiyati, botanik ta'rifi, biologik xususiyatlari, O'zbekistonda ekiladigan navlari bilan tanishtirish.
  • Suli: Suli ahamiyati, ozuqaviyligi, ekilish mintaqalari, botanik ta'rifi va biologik xususiyatlari.
  • Tritikale: Triticalening ahamiyati, botanik ta'rifi, biologik xususiyatlari, O'zbekistonda ekiladigan navlari.
  • Makkajo'xori: Makkajo'xorining ahamiyati, kelib chiqishi, kenja turlari va ularning farqlari.
  • Oqjo'xori: Oqjo'xorini ozik-ovkatlik ahamiyati va yem-xashak xususiyatlarini bilish. Oqjo'xori turlarini o'rganish.
  • Don ekinlar hosilini chamalash: Don ekinlarining hosilini o'rish oldidan biologik hosil va hosil tarkibi aniqlanadi.
  • Dukkakli don ekinlari: Dunyoda keng tarqalgan dukkakli don ekinlarining vakillari bilan tanishtirish.
  • Ko'ng'irboshli em-xashak o'tlari: Yaylovlarda uchraydigan ko'ng'irboshli o'simliklar oilasiga kiruvchi ko'p yillik suvbug'doyiqlari, erkako't, betega, ajriqbosh.
  • Ildizmevali em-xashak ekinlari: Ildizmevali shirali ozuqa ekinlar (lavlagi, sabzi, sholg'om, bryukva) vakillari.
  • Tuganakmevali em-xashak ekinlari: Tuganak mevali ekinlar (kartoshka, batat, topinambur)ning morfologik belgi va xususiyatlari.
  • Poliz ekinlari: Poliz ekinlaridan chorva mollari uchun em-xashak sifatida foydalanish usullari.
  • Yaylov va pichanzor o'simliklar: O'zbekistonda o'sadigan yaylov va pichanzor o'simliklari.
  • Dag'alpoyali o'simliklar: O'zbekistonda o'sadigan dag'alpoyali o'simliklar turlarini, oziqaviy birliklarini bilish.
  • Buta va chala butalar: O'zbekistonda o'sadigan va em-xashak ahamiyatiga ega bo'lgan buta va chala buta o'simliklar.
  • Zaharli o'simliklar: O'zbekistonda o'sadigan zararli va zaharli o'tlarni aniqlash.
  • Silosing etilishi: Sifatli silos tayyorlash texnologiyasining elementlarini o'rganish. Silosning sifat kursktichlarini aniklash.
  • Siloslangan massani hisoblash: Tayyorlangan va bosilgan silos massasini hisoblashga o'rgatish.
  • Senajning sifatiga baho berish: Senaj tayyorlash texnologiyasining elementlarini, sifatli senaj va uning belgilarini aniqlash.
  • Pichanning sifatini aniqlash: Chorva mollari uchun har xil oziqalardan tayyorlangan pichan turlarini ajrata bilishga va ularning sifatini baholashga o'rgatish.