Тilshunoslik

Ushbu kitob tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, nazariyalari va metodlariga bag'ishlangan bo'lib, talabalarga tilning mohiyati, tuzilishi, jamiyatdagi o'rni va rivojlanish qonuniyatlari haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, kitobda turkiy tillar oilasi, fonetika, leksikologiya, grammatika, yozuv tarixi kabi muhim mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Tilshunoslikka kirish: Tilshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, tilning jamiyatdagi o'rni, tilning taraqqiyoti, tilning ijtimoiy tabiati, til va tafakkur munosabati, til va nutq, til-ramzlar tizimi, dunyo tillari va tillar tasnifi.
  • Fonetik tizim: Nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, turlari, tovushlar o'zgarishi, bo'g'inlar, ularning tuzilishi tiplari, strukturasi; urg'u, urg'u tiplari va intonatsiya haqidagi ma'lumot beriladi.
  • Leksikologiya: So'z va uning lug'aviy ma'nosi, lug'aviy ma'noning taraqqiyot yo'llari, so'zning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari (sinonim, omonim, antonim, paronim) o'rganiladi. Shuningdek, O'zbek tili lug'at tarkibining o'z qatlam va o'zlashma qatlamlari ko'rib chiqiladi.
  • Grammatika: Tilning ichki qurilishi (morfologiya va sintaksis), So'z turkumlari, ularning ma'nolari, vazifalari, grammatik kategoriyalari o'rganiladi. Gap bo'laklari, ularning turlari va sintaktik munosabatlari tahlil etiladi. Gaplarning tuzilishiga ko'ra turlari, yozuvda tinish belgilarining qo'llanilishi qoidalari ko'rib chiqiladi.