Тадбиркорлик фаолиятини бошқариш асослари
Ushbu kitobda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, boshqarish, rivojlantirish va samarali faoliyat yuritish masalalari o'rganiladi. Kitob bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tartibga solish, qo'llab-quvvatlash, tashkiliy tuzilmalari, boshqaruv usullari va metodlari haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, kitobda menejmentning mohiyati, maqsadlari, vazifalari va funktsiyalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Biznes va tadbirkorlik: Biznes va tadbirkorlik tushunchalarining mazmuni, tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o'rni, tadbirkorlikning turlari va shakllari, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqiladi.
- Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari: Kichik biznes korxonalarida boshqaruv tizimining tashkiliy funktsiyalari, boshqaruvni samarali tashkil etish prinsiplari, O'zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, dehqon va fermer xo'jaliklari uyushmalarining tashkiliy tuzilmalari va roli yoritiladi.
- Korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi: Korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasida bo'linmalarning o'rni va ahamiyati, tadbirkorlik firmalarini tashkiliy tuzilmalari turlari, tadbirkorlik tashkilotlari a'zolarining o'zaro munosabatlari masalalari o'rganiladi.
- Boshqaruv мазмуни va mohiyati: Boshqaruvning mohiyati, menejment tushunchasining ma'nosi, menejment firmaning boshqaruv tashkiloti, menejmentning maqsadi va vazifalari, menejer va uning vazifalari, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni, menejmentga talab va qaror qabul qilish kabi masalalari ko'rib chiqiladi.