Хорижий мамлакатлар давлат ва ҳуқуқ тарихи

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, fanning predmeti, metodlari, vazifalari, ahamiyati, davrlarga bo‘linishi, boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, shuningdek Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, Rim, Fransiya va boshqa davlatlarning davlat va huquqiy tizimlari tarixini qamrab oladi. Qo‘llanma davlat va huquq sohasida bilim berishga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Davlat va huquqning kelib chiqishi: Davlatning kelib chiqishi, huquqiy davlatlarning rivojlanishi va tarixiy jarayonlarda davlatning huquqiy ta'siri ko'rib chiqiladi. Shuningdek, huquqiy davlat jarayonining umumiy mazmuniga analiz berilib, davlatning rivojlanish bosqichlari belgilanadi.
  • "Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi" fanining asosiy metodlari: Fanning asosiy metodlari sifatida tarixiy, qiyosiy-tarixiy, struktura-sistemalash va statistik metodlar ko'rsatilgan. Har bir metodning mohiyati va ahamiyati ochib berilgan.
  • Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi"ni davrlarga bo'lib o'rganish: Fanni davrlarga bo'lib o'rganishda xronologik tartibga asoslaniladi. Qadimgi davr, O'rta asrlar, Yangi davr va Hozirgi zamon davrlari ajratib ko'rsatilgan. Har bir davrning o'ziga xos xususiyatlari aniqlangan.
  • Qadimgi Misr: Qadimgi Misr davlatining tashkil topishi, davrlarga bo'linishi, davlat tuzumi va huquqining asosiy belgilari batafsil yoritilgan.
  • Qadimgi Mesopotamiya davlati va huquqi: Qadimgi Mesopotamiya davlatining (Bobil) tashkil topishi, ijtimoiy tuzumi, davlat tuzumi va huquqining asosiy belgilari tahlil qilingan.
  • Qadimgi Hindiston davlati va huquqi: Qadimgi Hindistonning tashkil topishi va rivojlanishi, varna'lar davri, Магадха – мауръийлар даври hamda huquqning asosiy belgilari yoritilgan.
  • Qadimgi Xitoy davlati va huquqi: Qadimgi Xitoy davlatining to'rt davri (ilk Shan, Chjou, Qin, Han), davlat tuzumi, ijtimoiy tuzumi va huquqining asosiy belgilari batafsil ochib berilgan.
  • Qadimgi Rim davlatining tashkil topishi va rivojlanishi davri: Qadimgi Rim davlatining tashkil topishi, respublika davri, Rim imperiyasi va huquqning asosiy belgilari yoritilgan.
  • Franklar davlati va huquqi: Franklar davlatining tashkil topishi, ijtimoiy tuzumi, davlat tuzumi va huquqining asosiy belgilari ko'rib chiqilgan.
  • O‘rta Asrlar Yevropa Mamlakatlari Davlati Va Huquqi: Bu davrda sodir bulgan asosi o’zgarishlar va ta’sirli voqealar yoritilgan