Madaniyatshunoslik

Ushbu kitob Oʻzbekiston Moliya instituti talabalari uchun madaniyatshunoslik fanini oʻrganish uchun moʻljallangan. Unda madaniyatning asosiy tushunchalari, tarixiy rivojlanishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, turli madaniyatlar oʻrtasidagi munosabatlar kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Madaniyatshunoslik fanining predmeti, metodologik asoslari va barkamol avlodni shakllantirishdagi ahamiyati: Madaniyatshunoslik fanining predmeti, uni oʻrganishning metodologik asoslari, madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari, madaniyat va sivilizatsiya.
  • Madaniyat taraqqiyotida vorisiylik, madaniy meros, qadriyatlar kategoriyalari: Vorisiylik, madaniy meros kategoriyalarining madaniyat taraqqiyotidagi oʻrni, madaniyatshunoslikda qadriyatlar kategoriyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Oʻzbekistonning milliy tiklanish jarayonida madaniyatshunoslikning dolzarbligi.
  • Qadimgi Sharq madaniyati: Qadimgi Misr madaniyati, Qadimgi Mesopotamiya madaniyati, Qadimgi Hindiston madaniyati, Qadimgi Xitoy madaniyati, Qadimgi O'rta Osiyo madaniyati.
  • Antik va o'rta asrlar Yevropa madaniyati: Qadimgi Yunon madaniyati. Ellinizm, Qadimgi Rim madaniyati, O'rta asrlardagi dunyo qiyofasi. Yevropa Oʻrta asrlar madaniyati. Xristianlik dini, O'rta asrlarda ta'lim tizimi, meʼmorchilik va san'at.
  • Sharq Uyg'onish davri madaniyati: IX-XII asrlardagi Sharq Uyg'onish davri va uning asosiy omillari, Islom dinining sharq madaniyatini rivojlanishidagi oʻrni, Sharq Uyg'onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi oʻrni, Me'morchilik va tasviriy san'at yuksalishi, Amir Temur va temuriylar davri madaniyatining jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni.
  • Yevropa Uyg'onish davri madaniyati: Yevropada Uyg'onish davri madaniyati va uning asosiy xususiyatlari, Gumanizm, reformatsiya, yangi inson idealining shakllanishi. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning oqibatlari, Yevropa Uyg'onish davrining daholari: Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo va boshqalar, Tabiiy bilimlar va texnik taraqqiyot. N.Kopernik, D.Bruno, G.-Galiley.
  • XVIII-XIX asrlarda jahon madaniyati: XVIII asrdagi maʼrifatparvarlik, demokratik jamiyat qurish gʻoyalari, Ilmiy-texnika yutuqlari va sanoat toʻntarilishi, Me'morchilik va san'at: klassitsizm, barokko va sentimentalizm uslublari, Adabiyot va tasviriy san'atda romantizm, realizm, impressionizm va postipressionizm, Ommaviy madaniyat.
  • XIX-XX asr jahon madaniyati: XX asrda fan va texnika sohasidagi kashfiyotlar, fan-texnika inqilobi, XX asr madaniyati: adabiyot, teatr, kino, tasviriy san'at, me'morchilik va boshqa sohalar rivoji. Kubizm, syurrealizm uslublaridagi ijod, Sovet davrida, Oʻzbekistonda madaniy hayot.
  • Milliy istiqlol va Oʻzbekistonda madaniy taraqqiyot: Milliy istiqlol davrida milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, Mustaqillik yillarida adabiyot, ta'lim, tasviriy san'at, me'morchilik, teatr, musiqa, kino va televideniye san'atlari ravnaqi, Teatr, sirk, musiqa va qoʻshiqchilik san'ati, muzey va sport taraqqiyoti.