Xalqaro marketing

Ushbu qo'llanma xalqaro marketing sohasida mamlakatimiz va xorijiy olimlarning tadqiqotlari va qarashlarini o'zida aks ettirsa ham, mavjud kitoblardan farqlanadi. Unda nazariy ishlanmalar, marketing tamoyillari amaliy misollar yordamida tizimli yondashuv asosida tadqiq etilgan.

Asosiy mavzular

  • Xalqaro marketing fanining predmeti, vazifalari: Xalqaro marketingning asosiy tushunchalari, xususiyatlari va tashkiliy shakllari, O'zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirishida tashqi iqtisodiy aloqalarning roli.
  • Xalqaro marketing strategiyasi va muhiti: Xalqaro marketing strategiyasi va uni tanlash shartlari, marketing muhiti, tovar sotish san'ati, marketing konsepsiyasi, marketing muhitining asosiy ishtirokchilari.
  • Xalqaro marketingda maqsadli bozorlar va ularni segmentlash: Xalqaro marketingda maqsadli bozorlar, bozorni segmentlash, bozor segmentlarini baholash, maqsadli bozorni tanlash, tovar konsepsiyasi maqsadli bozorlarga chiqish yo'llari, marketing kanallari va xalqaro marketingda ayirboshlash va transakstiyalar transfert.
  • Xalqaro marketingda raqobat: Raqobat va uning bosqichlari, bozordagi raqobat holati, bozorga kirib kelishda mavjud bo'ladigan to'siqlar va raqobat ustunligiga ega bo'lishda axborotning roli.
  • Xalqaro marketingni logistik boshqarish: Logistik marketing, iqtisodiyotdagi marketing kontseptsiyani tanlashda logistik yondoshuvning ahamiyati, marketing logistikasi strategiyasi, cegmentlarga yo'naltirilgan logistika. INKOTERMS-2000, xalqaro marketingda logistik boshqarish tamoyillari, marketing-miks va uning tarkibiy qismlari.
  • Xalqaro marketingda axborot ta'minoti: Marketing axborot tizimi va marketing tadqiqotlari, marketingda axborot yig'ish usullari va marketing axboroti bozori.
  • Xalqaro marketingni jahon bozorini o'rganishdagi o'rni va strategiyasi: Tashqi bozorni o'rganishda marketing tadqiqotlari, xalqaro marketingda tovar siyosatining xususiyatlari, tovarlar harakatining kanallari eksportning tashkiliy shakllarini tanlash, eksport marketingida savdoni rag'batlantirish va xalqaro marketingning chet el bozorlariga kirib borish strategiyalari.
  • Xalqaro bozorning sig'imi va raqobatbardoshligi: Bozorning marketing tadqiqoti, bozor sigimi va raqobat muxitini baxolash, isteʼmol saloxiyati, bozorning tovar chegaralarini aniqlash, Grishman-Gerfindol indeksi, bozor sigimi va raqobat muxitini baxolash bo'yicha maslaxatlar.
  • Xalqaro marketing sohasidagi asosiy muammolar va ularni echish imkoniyatlari: Xalqaro marketingning asosiy muammolari: import yoki eksport uchun iste'molchining extiyojini yoki istagini qondiruvchi va qulay narxga ega bo'lgan mahsulotni izlash, kiritilayotgan mahsulotlarga solinadigan soliqlar va ishlab chiqarish bilan bog'liq muammolar va yuklarni tashish bilan bog'liq logistik muammolar.
  • Xalqaro marketingda internet texnologiyalaridan foydalanish: Internet-iqtisodiy-ijtimoiy voqea sifatida Internetning marketingni asosiy vositasi sifatidagi tavsiflari, Internet va an'anaviy bozorlardagi kommunikastiya tizimlarining asosiy farqlari, marketing bilan bog'liq bo'lgan Internetning imkoniyatlari, korxona marketing tizimida Internetdan foydalanish imkoniyatlari va xalqaro marketing faoliyatida Internet texnologiyalaridan foydalanishning ustunlik jihatlari.
  • Xalqaro Internet-marketing strategiyasini rejalashtirish: Internet-marketing strategiyasi va biznes faoliyatni yuritishning imkoniyatlari, Internet orqali savdo qilish uchun tovar va xizmatlarga qo'yiladigan talablar, Internet marketingni rejalashtirish strategiyasi va elektron biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari.