Oliy matematika

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan "Oliy matematika" fanidan uslubiy qo'llanma. Qo'llanma kunduzgi ta'lim talabalarining o'quv soatlariga moslashtirilgan mavzularni o'z ichiga oladi va mavzular bo'yicha nazariy tushunchalar, misollar va masalalarni qamrab oladi. Kitobdan agrar universitet va qishloq xo'jalik oliygohlarining Agroinjeneriya, Iqtisod, Buxgalteriya va barcha Agronomiya yo'nalishi talabalari foydalanishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Foizlarni hisoblash va ularning qishloq xo'jalik masalalariga qo'llanilishi: Foiz tushunchasi, oddiy va murakkab foizli jamg'armalarni hisoblash, o'rtacha o'sish sur'atini aniqlash, qimmatbaho qog'ozlarning baho qiymatini aniqlash, xo'jalikning uzoq muddatli qarzini to'lash.
  • Qishloq xo'jalik ekinlarining ekish sxemalari: Turli ekish sxemalari bo'yicha ko'chatlar sonini aniqlash, ma'lum bir ko'chatlar uchun zarur bo'lgan yer maydonini aniqlash, namunaviy misollar va ularning yechimlari.
  • Chiziqli algebra elementlari: Determinantlarni hisoblash qoidalari, chiziqli tenglamalar sistemasini Kramer va Gauss usullari bilan yechish.
  • Tekislikdagi analitik geometriya elementlari: Ikki nuqta orasidagi masofa, kesmani berilgan nisbatda bo'lish, to'g'ri chiziq tenglamalari va ularga doir misollar.
  • Ikkinchi tartibli egri chiziqlar: Aylana, ellips, giperbola, parabola va ularning kanonik tenglamalari, ularga doir misollar.
  • Qutb koordinatalar sistemasi: Qutb koordinatalar sistemasi, qutb koordinatalar sistemasida chiziqlarni chizish, va ularni aniqlash usullari.
  • Vektorlar nazariyasi: Vektorlar, ikki vektorni skalyar, vektorli ko'paytmalari va ularning qo'llanilishi.
  • Funksiya hosilasi va differensiali: Funksiya hosilasi, differensiali, hosilani hisoblash qoidalari, ularning mexanika masalalariga tatbiqlari
  • Aniq integral va uni tatbiqlari: Aniq integral, uni hisoblash usullari, yuzalar, hajmlar va yoy uzunliklarini hisoblashda tatbiqi.
  • Karrali integrallar: Ikki karrali integral tushunchasi, hisoblash usullari, tatbiqlari. qutb koordinatalar sistemasida Karrali integrallar
  • Sirt integrallari: Birinchi va ikkinchi tur sirt integrallari. Gaus va Stock formulalari.
  • Kompleks sonlar: Kompleks sonlar ustida arifmetik amallar, ildizlar, darajalarni hisoblash, trigonometrik shakl.
  • Differensial tenglamalar: Differensial tenglamalar, turlari, yechish usullari va ularning amaliy masalalarga tadbiqi. O'zgarmas koeffisientli tenglamalar sistemasi.
  • Sonli qatorlar: Sonli qatorlar, yaqinlashish alomatlari, ishora almashinuvchi qatorlar, darajali qatorlar, Teylor va Makloren qatorlari, taqribiy hisoblashlar.