Бухгалтерия ҳисоби назарияси
Ushbu kitobda buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, prinsiplari, usullari va shakllari, shuningdek, xo‘jalik faoliyatini tashkil etishning muhim jihatlari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Xalq xo‘jaligidagi hisob turlari va ularning ahamiyati: Ushbu mavzu hisob turlari, ularning jamiyatni boshqarishdagi o'rni, hisobda qo'llaniladigan o'lchov birliklari va buxgalteriya hisobining tashkil etish prinsiplarini o'z ichiga oladi.
- Buxgalteriya hisobining predmeti va usullari: Bu mavzu buxgalteriya hisobining predmeti, funksiyalari, vazifalari, obyektlari, hisobga qo'yiladigan talablar hamda asosiy usullarini qamrab oladi.
- Hujjatlashtirish va inventarizatsiya: Mavzuda hujjatlar va ularning turlari, rekvizitlari, hujjat aylanishi, inventarizatsiya tushunchasi va turlari, o'tkazish tartibi va natijalarini rasmiylashtirish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Buxgalteriya balansi: Balanсning tarkibiy tuzilishi, unga ta'sir etuvchi xo'jalik jarayonlari va balansning ahamiyati yoritilgan.
- Sсhetlar tizimi va ikki yoqlama yozuv: Schetlar tizimi, ularning tuzilishi, turlari, ikki yoqlama yozuv usuli va uning qo'llanilishi, sintetik va analitik hisob, aylanma vedomostlar haqida ma'lumot beriladi.
- Baholash va kalkulyatsiya: Ushbu mavzuda baholash usullari, ularning ahamiyati, kalkulyatsiya tushunchasi va turlari, mahsulot tannarxini aniqlash usullari batafsil ko'rib chiqilgan.
- Asosiy xo‘jalik jarayonlari hisobi tamoyillari: Ta'minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining hisobi tamoyillari, ularning o'zaro bog'liqligi va korxona faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan.
- Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari: Buxgalteriya hisobi registrlari, ularning turlari, shakllari va ularni yuritish tartibi, xato yozuvlarni to'g'rilash usullari, hisob shakllari va ularning xususiyatlari tavsiflangan.
- Buxgalteriya hisoboti: Hisobotning mohiyati, ahamiyati, foydalanuvchilari, turlari va shakllari, hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko'rish masalalari bayon etilgan.
- Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va har tomonlama ta'minlanganligi: Mavzu hisob siyosatini shakllantirish, hisobni tashkil etish prinsiplari, axborotlar bilan ta'minlash va nazorat qilish kabi muhim jihatlarni qamrab oladi.