Фуқаролик ҳуқуқи
Ushbu kitob fuqarolik huquqi fanidan seminar mashg'ulotlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan. Unda seminar mashg'ulotlarining mazmuni, o'tkazish uslubi, jihozlari va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. Kitobda mulk huquqi, majburiyat huquqi, shartnomalar huquqi kabi fuqarolik huquqining asosiy institutlari bo'yicha seminar mashg'ulotlari uchun materiallar mavjud.
Asosiy mavzular
- Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi: Fuqarolik huquqining predmeti, uslubi va funktsiyalari, asosiy tamoyillari, tizimi, manbalari, qonunlarning vaqt, hudud va shaxslar bo'yicha amal qilish tartibi, qonun analogiyasi va huquq analogiyasi, normalarni sharhlash va ularning turlari
- Fuqarolik-huquqiy munosabatlar: Fuqarolik-huquqiy munosabat tushunchasi, turlari, kelib chiqish asoslari, amalga oshirilishi va bajarilishi, himoya qilish, fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi, huquq layoqati, muomala layoqati, vasiylik va homiylik, tadbirkor fuqarolarning huquqiy maqomi, turar joyi, bedarak yo'qolgan deb topish, vafot etgan deb e'lon qilish, fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
- Yuridik shaxslar fuqarolik huquqining sub'ekti sifatida: Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari, huquq layoqati va muomala layoqati, vujudga kelish va bekor bo'lish tartibi, turlari, xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari, mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, aktsiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari, matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, uy-joy mulkdorlarining shirkati, davlat muassasalari, yuridik shaxslar birlashmalari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, davlatning alohida sub'ekt sifatidagi tushunchasi va xususiyatlari
- Ob'ektlar: Fuqarolik huquqi ob'ektlari tushunchasi va turlari, ashyolar, mol-mulklar, pullar va qimmatli qog'ozlar, nomoddiy ne'matlar, intellektual faoliyat natijalari, ishlar va xizmatlar
- Bitimlar: Bitimlar tushunchasi va turlari, muddati va shartli bitimlar, shakllari, birja bitimlari, haqiqiy sanalish shartlari, haqiqiy sanalmaydigan turlari, vakillik, vakolat, ishonchnoma
- Muddalar. Da'vo muddati: Muddat tushunchasi, turlari, o'tishining boshlanishi va tugashi, da'vo muddati tushunchasi va xususiyatlari, turlari, o'ta boshlashi, to'xtatilishi, uzilishi va tiklanishi, oqibatlari, joriy qilinmaydigan talablar
- Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar: Mulk va mulk huquqi tushunchalari, mazmuni, vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, asosiy tamoyillari, shakllari
- Xususiy mulk: Xususiy mulk tushunchasi, sub'ektlari va ularning vakolatlari, ob'ektlari, vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari
- Ommaviy mulk. Umumiy mulk: Ommaviy (davlat) mulki huquqi tushunchasi va turlari, zarurati va manbalari, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, umumiy mulk huquqi tushunchasi, turlari, egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish, ulush ajratish va taqsimlash
- Majburiyatlar: Majburiyatlar tushunchasi va mazmuni, kelib chiqish asoslari, subyektlari, taraflarning ko'pchiligi, ulishli va sherik majburiyatlar
- Majburiyatlarni bajarish: Majburiyatlarni bajarish, subyektlari, predmeti, muddati, joyi va usuli
- Majburiyatlarni bajarishni ta'minlash: Majburiyatlarni bajarish, neustoyka, garov, mol-mulkni ushlab qolish, zakalat, kafillik, kafolat
- Shartnomalar: Shartnomalar, turlari, mazmuni, tuzish, o'zgartirish, bekor qilish