Odam va hayvonlar fiziologiyasi

Ushbu kitob odam va hayvonlar fiziologiyasiga oid laboratoriya mashg'ulotlari uchun mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, unda asbob-uskunalar, tekshirish usullari, fiziologik jarayonlarni o'rganish usullari, xususan, qo'zg'aluvchan to'qimalar, nerv tizimi, muskul tizimi, qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish va boshqa tizimlar faoliyatini laboratoriya sharoitida tadqiq qilish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan. Kitob talabalarga fiziologiya fanini amaliyotda o'zlashtirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Fiziologiya laboratoriyasida asbob-uskunalar bilan tanishish: Laboratoriyada qoʻllaniladigan jihozlar, elektrokardiograf, elektromiograf, pnevmograf, fotoelektrokalorimetr va boshqalar bilan tanishish, ularning vazifalari va qoʻllanilishi haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Qoʻzgʻaluvchan toʻqimalar fiziologiyasi: Baqani harakatsizlantirish usullari, asab-mushak preparatini tayyorlash, qoʻzgʻaluvchan toʻqimalarda elektr hodisalarni oʻrganish usullari bayon etilgan.
  • Muskul tizimi fiziologiyasi: Mushaklarning qisqarishini yozish va tahlil qilish, mushkul kuchini dinamometr yordamida oʻlchash, statik kuchlanishlardagi fiziologik reaksiyalarni tekshirish usullari keltirilgan.
  • Nerv tizimi fiziologiyasi: Refleks yoyi va uni analiz qilish, refleks vaqtini aniqlash, odamda reflektor reaksiyalarni tekshirish, Sechenov tormozlanishi kabi mavzular yoritilgan.
  • Sensor tizimlar fiziologiyasi: Koʻrish oʻtkirligini aniqlash, koʻzning toʻr qavatida koʻr dogʻ borligini isbotlash, muskul sezgisini tekshirish, binaural eshitish kabi usullar haqida ma'lumot berilgan.
  • Oliy asab faoliyati fiziologiyasi: Odamda shartli vegetativ reflekslarni hosil qilish, odamda qisqa muddatli eshituv xotirasi hajmini aniqlash, ixtiyoriy diqqatning barqarorligini va koʻchiruvchanligini aniqlashga oid mashqlar keltirilgan.
  • Ichki muhit suyuqliklari fiziologiyasi. Qon: Qon olish texnikasi, qonning yopishqoqligini aniqlash, qonning ivish tezligini aniqlash, qon tarkibidagi eritrotsitlarni hisoblash, qondagi gemoglobin miqdorini Sali usuli boʻyicha aniqlash, qon guruhlarini aniqlash kabi mavzular yoritilgan.
  • Qon aylanish fiziologiyasi: Qonning harakatini mikroskopda kuzatish, elektrokardiografiya usuli (EKG), odamda arterial qon bosimni oʻlchash kabi usullar o'rgatiladi.
  • Ovqat hazm qilish a'zolari fiziologiyasi: Hazm a'zolari faoliyatini oʻrganish, odamda soʻlak ajralishini tekshirish, oqsilning me'da shirasi ta'sirida parchalanishini kuzatish, itda oshqozon sekretor faoliyatini tekshirish, yogʻlarga oʻt suyuqligining ta'siri kabi amaliy mashg'ulotlar keltirilgan.
  • Moddalar va energiya almashinuvi fiziologiyasi: Jadvallar boʻyicha asosiy almashinuvni hisoblash, sutkalik ovqat ratsionini tuzish kabi amaliy mashg'ulotlar keltirilgan.